So’nggi yangiliklar

03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  114 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  1 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  1 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  7 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  46 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

Farhod Nishonov Osiyo kubogi oldidan nimalar dedi? Yangiliklar

Farhod Nishonov Osiyo kubogi oldidan nimalar dedi?

Ertaga O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

O'zbekiston U-20 ilk turda yamanlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Terma jamoa bosh murabbiyi Farhod Nishonov musobaqa oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


— Musobaqa haqida fikrlaringiz qanday, bu siz va jamoangiz uchun qay darajada ahamiyatga ega?

— Ushbu yosh toifasida Osiyo kubogi kabi musobaqaning ahamiyati juda ham katta sanaladi. Chunki bu – yosh futbolchilar uchun professional futbolga o'tish bosqichi bo'lib, ular bu kabi musobaqalar orqali o'z «nom»larini qozonadilar va o'z o'rinlarini mustahkamlaydilar. Shu sababli, Osiyo kubogi futbolchilarning keyingi professional faoliyatlari va hayotlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

— O'zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rdi?

— Osiyo kubogiga reja asosida, etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik. Bilasiz, jamoamiz musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bu safar ham eng yuqori maqsadlarni ko'zlaganmiz.

— Yamanga qarshi ilk o'yin haqida nimalar deya olasiz?

— Har doim musobaqani yaxshi boshlab olish muhim, shu sababli o'ziga yarasha qiyinchiligi va bosimi bo'ladi. Ertaga birinchi uchrashuvda Yamanga qarshi maydonga tushamiz. Futbolchilarimiz tayyor, yigitlar hammasini tushunib, his qilib turishibdi.

— Tarkibdagi futbolchilarning jismoniy va ruhiy holati qanday?

— Tarkibimizga kelsak, futbolchilarimiz jismoniy va ruhiy holati bilan ham hammasi joyida. Aytganimdek, musobaqaga har tomonlama tayyormiz. Futbolchilarimiz maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. O'zaro do'stona aloqada va bir birini qo'lllab-quvvatlashmoqda. Men yigitlarga ishonaman, Xudo xohlasa, albatta maqsadimizga etamiz.

— Ushbu musobaqa yosh futbolchilarning xalqaro maydondagi tajribasini oshirishda qay darajada muhim?

— Tarkimizda xalqaro maydonda to'p surgan, nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan tajribaga ega o'yinchilarimiz bor, shu bilan bir qatorda, o'zini ko'rsatishga tayyor yangi iqtidorli futbolchilarimiz ham etarli. O'ylaymanki, bu kabi katta o'yinlar orqali ular ulkan tajriba orttirishadi.

Har bir o'yinda g'alaba qozonib, chempionlik bilan muxlislarimizni xursand qilishni niyat qilganmiz. Bu yo'lda barcha ishni qilishga tayyormiz. Xalqimizni yaxshi natijalar bilan xursand qilish biz uchun eng katta baxt bo'ladi. Aytganimdek, oldimizga chempionlikni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'yganmiz va bunga etishish uchun hamma narsa etarli. Ahil, g'alabaga chanqoq po'lat xarakterga ega jamoani ko'ryapman. O'ylaymanki, mazkur musobaqa yangi nomlarni kashf qiladi. Futbolchilarimiz maydonda borini berib kurashishga tayyor. Jamoamiz bilan eng yuqori maqsad uchun harakat qilamiz, — dedi Farhod Nishonov.


"S" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston — Yaman uchrashuvi 13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da Shenchjendagi "Yoshlar futbol bazasi" 1 maydonida start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика