So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Farhod Nishonov: "Hakam qarorini muhokama qilishni istamayman, ammo..." Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Hakam qarorini muhokama qilishni istamayman, ammo..."

PRO-Liganing 27-turi doirasida "SHo'rtan" – "Olimpik MobiUz" uchrashuvi bo'lib o'tdi.




O'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Farhod Nishonov tassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 


"SHo'rtan” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda reja bo'yicha o'z o'yinimizni namoyish eta oldik. Tanaffusdan keyin esa yaxshi o'ynay olmadik. Yigitlar charchagani ko'rinib turibdi. Raqib g'alabaga haqliroq edi. Ikkinchi taym bo'yicha futbolchilarimga etirozim bor. CHarchoqmi yoki boshqa bir sabab ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik" - dedi Farhod Nishonov.


- Belgilangan penalti bo'yicha fikr bildirib o'tsangiz?
- Hakam qarorini muhokama qilishni istamayman, ammo 11 metrlik jarima zarbasi belgilanguniga qadar futbolchilarim xatoga yo'l qo'yishdi. SHu sababli penalti to'g'ri belgilandi, deb o'ylayman.

- Jamoangiz ayni damda egallab turgan o'rni haqida gapirib o'tsangiz? 
- Mavsum avvalida biz o'z oldimizga boshqa bir maqsadni qo'ygandik. Maqsadimiz o'zgargani yo'q. Futbolchilarimiz hali yosh va o'sishga erishishmoqda. Musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalarida borayotganimiz ham normal holat deb qabul qilaman. Biz kurashishda davom etmoqdamiz. Ligadagi ayrim jamoalar bizdan kuchliroq va tajribaliroq.


PRO-Liga. Rasman — "SHo'rtan" pley-offning ikkinchi ishtirokchisi!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика