So’nggi yangiliklar

10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  0 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  0 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  1 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  2 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  14 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1

Farhod Magometov - QVZ, disk, futbolchiga sharoit va “chumchuqlar” haqida Yangiliklar

Farhod Magometov - QVZ, disk, futbolchiga sharoit va “chumchuqlar” haqida

Bugun PFL bosh direktori 2017 yilgi birinchi ligaga qura tashlash marosimidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Birinchi liga jamoalari rahbarlariga murojaat qilaman: Maqsad? Sizlarda maqsad nima? Birinchi ligada o'ynashdan maqsadingiz nima? Bizni biroz bo'lsa ham qoniqtiradigan holat bo'layotgani yo'q. Birinchi ligani mintaqalarga ham bo'ldik, xattoki klublarga bonuslar ham berdik. Ammo o'zgarish bo'lgani yo'q. SHu bois o'tgan yildan sondan sifatga qarab yurdik va 18 ta jamoa qoldirdik. Biroz bo'lsa ham qiziq bo'lsin degan maqsadda. Bir necha yil davomida PFL badal pullarini oshirmadik, ammo buni ko'pchiligingiz tushunmadingiz. Qadriga etmadingiz. Bu yildan klub rahbarlarini ham tartibga chaqirishga urinamiz. Bu yil birinchi liga klublari ham Halol o'yin dekloraciyasini to'ldirishadi. Oldin faqat oliy liga shunday qilgandi. Kim bu dekloraciyani to'ldirmasa birinchi ligada ishtirok etmaydi. 10-15 kun ichida barcha klublar bizga kafolat xatini olib kelishingiz kerak. Bundan tashqari kimlarda qarzdorlik bo'lsa ularni ham to'lamasangiz afsuski sizlarni ro'yxatdan o'tkaza olmaymiz. 

“Mashal” eng tartibli jamoa, “G'ijduvon” esa eng qo'pol jamoa bo'ldi. Birinchi ligada barcha klublar kamida bittadan qizil kartochka olishgan. Futbolni oyoq bilan o'ynashadi, agar boshqa narsa bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz QVZ (KVN)ga boringlar. Futbolchilar hakamlarni so'kadi, maydonda o'zi bilganini qiladi. Bunday davom etishi mumkin emas. 

Klublar pullarni iqtisod qilib futbolchilarga xatto ovqat ham bermayapsizlar. Futbolchi bechora maydonga och qorin bilan tushadi... Maosh to'lashda qiyinchilik bo'lsa iltimos hech bo'lmasa unga ozgina bo'lsa sharoit qilib beringlar. 

Birinchi liga murabbiylarida kamida B licenziyasi bo'lishi shart. Licenziyasi bo'lmasa bosh murabbiy bo'la olmaydi. Bundan tashqari bu yildan har bir klub o'z uy o'yinidan uchrashuv videosi yozilgan diskni olib kelishi shart. 18ta o'yin o'tkazasizmi, demak 18ta disk bo'lishi shart. Bitta o'yin diski bo'lmasa 2 million jarima to'laysizlar. Har bir rahbar buni qora xarflarda yozib qo'ysin. Hozir 21-asr shu bois disk yozish qiyin bo'lmasa kerak. 

Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Maydonda klublar o'zaro orani ochiq qilish emas futbol o'ynashlari kerak. To'g'risi hozirda birinchi liganing hech bir klubi oliy ligada o'ynab ketishiga ishonamayman. 

Ikkinchi liga borasida, viloyat hokimlari va viloyat FF vice-prezidentlari iltimos ikkinchi ligani tartibga keltirib olinglar. Bazida yoshi katta futbolchilar o'ynagani, o'yinlar bo'lib o'tmagani haqida xatlar kelib tushadi. Biz bunga aralashmaymiz. Qaytaraman viloyat futbol federaciyasini vice-prezidentlari ikkinchi ligani joy joyiga qo'yib qo'yinlar. 

Klub nomini o'zgartirsangiz rasmiy xat bilan, qonunga doir tarzda amalga oshiringlar. “Bo'rilar”, “chumchuqlar”... klublarning bunday nomlarini qabul qila olmaymiz. Ijroi qo'mita nomni tasdiqlaganidan keyin biz uni tan olamiz. 

Birinchi liga klublariga 20 million so'm badal puli qoladi. O'tgan yil ham shunday edi. Bunda o'zgarish bo'lmaydi. 

Bundan tashqari har yili logotipni almashtiradigan klublar ham bor. Iltimos buni ham bas qilinglar.

Narzulla Saydullaev


!!! Haqoratli komment egalari bloklanadi.

Reyting: -75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика