So’nggi yangiliklar

00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  0 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  20 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  2 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  1 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  5 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  3 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 18:41Расман: Дани Ольмо – "Барселона" футболчиси!  10 18:22Ли Карсли Англия терма жамоасининг вақтинчалик устози этиб тайинланди  1 17:59Суперлига. "Локомотив" – "Олимпик". Таркиблар маълум  2

Farhod Magometov: “Kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash olib boramiz” Yangiliklar

Farhod Magometov: “Kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash olib boramiz”

Kecha O'FF binosida keyingi yilgi oliy liga bahslari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qura tugagach, oliy liga klublari rahbarlari va bosh murabbiylar bilan alohida majlis o'tkazildi. Bir soat davom etgan majlisdan so'ng bizda PFL bosh direktori Farhod Magometovdan intervyu olish imkoniyati yuzaga keldi.

-   Farhod Abdualievich, kelasi yil reglamentda qanday o'zgarishlar bo'ladi?
-   Oliy ligada 16ta jamoa ishtirok etishi hammaga malum. Yana qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkin? Oliy liga klublari to'laydigan badal puli miqdori oshdi: kelasi yil uchun badal pulini 110 million so'm qilib belgiladik. Birinchi ligada esa badal summasi oldingidek qoladi. Bundan tashqari, jarimalar miqdori oshdi. Xorijdan keladigan legionerlar uchun ham talabni oshiramiz. Birinchi ligada esa legionerlarning to'p tepishiga ruxsat berilmaydi. Esingizda bo'lsa, “Bunyodkor” - “Paxtakor” o'yinidan keyin “Bunyodkor”ning ayrim o'yinchilari milliy madhiya paytida ichkariga kirib ketishdi. Madhiyaga nisbatan hurmatsizlik qilingani uchun “Bunyodkor”ni 5 million so'm miqdorida jarimaga tortdik. Aslida bunaqa narsalar umuman bo'lmasligi kerak.

-   Legionerlar uchun to'lanadigan pul miqdori oshgani rostmi?
-   SHu paytgacha klublar ro'yxatdan o'tkaziladigan har bir legioner uchun qo'shimcha 5 million to'lab kelishayotgandi, keyingi yildan bu to'lov 10 million so'm bo'ladi. Legionerlar limiti 3+1 ligicha qoladi.

-   Birinchi ligada qandaydir o'zgarishlar bo'ladimi?
-   Bo'ladi. Birinchi ligada 24ta emas, balki 20ta jamoa o'ntadan ikki mintaqaga bo'lingan holda kurash olib boradi. 2016 yildan birinchi ligada 16ta yoki 18ta jamoa qatnashadi va hech qanday mintaqaga bo'linmaydi. Biz hozir turli variantlar ustida ish olib boryapmiz.

-   Kelasi yil o'zgarmaydigan taqvimga ega bo'lamizmi?
-   Yakuniga etgan mavsumda oliy liga taqvimida ko'p o'zgarishlar bo'ldi deb o'ylamayman. Faqat terma jamoamiz Osiyo o'yinlarida qatnashgani bois taqvimda katta o'zgarishlar yuzaga keldi. Boshqa payt bunday bo'lgani yo'q. Keyingi yil ham taqvimni iloji boricha o'zgartirmaymiz. Biz 16ta jamoaga barobar qaraymiz.

-   CHetdan hakamlar taklif etilishi borasida fikringiz?
-   Biz bekordan bekorga ikkita o'yinga chet ellik hakamlarni olib kelganimiz yo'q. Gap shundaki, bizda ko'p jamoalar yutqazib qo'yganidan so'ng aybni boshqalardan qidirishga tushadi. Asosan hakamlar aybdor bo'lib qoladi. Aslida hamma aybni avvalo o'zidan qidirishi kerak. Lekin biz o'zimizning hakamlarga to'liq ishonamiz.

-   PFL oldida bu yil hisobidan qarzi qolgan klublar bormi?
-   Ayrim klublarda jarimalar bilan bog'liq qarzlar qolgan, xolos.

-   Yangi mavsumdan boshlab kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash olib boriladimi?
-   Busiz iloj yo'q. Kelishilgan o'yinlar nafaqat bizda, balki butun dunyoda eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Kelasi yildan boshlab har bir jamoa futbolchi va murabbiylari “zayavka”dan o'tayotganda deklaraciya to'ldirishadi. Deklaraciya to'ldirmaganlar oliy ligaga qo'yilmaydi. SHu tariqa kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash olib boramiz.

-   Futbolchilar tez-tez jamoa almashtirmasligi uchun 30 yoshgacha o'yinchilar bilan kamida ikki yillik shartnoma tuzib qo'yilsa qanday bo'ladi?
-   Qancha muddatga shartnoma tuzish futbolchi va klub o'rtasidagi ish hisoblanadi va bizning bunga aralashishga haqqimiz yo'q. Futbolchi bilan shartnoma imzolanayotganda klub rahbarlari juda ehtiyotkor bo'lishlari kerak. Oxirgi paytlarda bizdagi futbolchilar o'zlariga juda yuqori baho berib yuborishyapti. Bu ham yaxshi emas. Qolaversa, o'zimiz ko'p o'yinchilarni erkalatib yubordik. Ilgari biz o'ynagan paytlarda bunday emasdi.

-   Balki, buning uchun ko'tarma pullaridan voz kechish fursati kelgandir?
-   Biz buni ham ko'rib chiqyapmiz. Ko'p jamoalarda tarkibga yangi qo'shilgan o'yinchilar hali chempionat boshlanmasdanoq ko'tarma pulini to'liq olishyapti. Aslida boshida 10 foizini berib, qolganini mavsum davomida o'yiniga qarab berish kerak. Yaxshi o'ynab ketsa, marhamat, shartnoma bo'yicha o'sha summani olaversin. Yana qaytarib aytaman, bu erda ko'p gap klublar rahbariyatiga bog'liq.

-   Oliy ligada komissarlik yo'lga qo'yilgani yaxshi bo'ldi, biroq o'yin paytida komissarning ishi deyarli ko'rinmayapti.
-   Bunga ham qo'shilmasdan ilojimiz yo'q. Albatta, OFK komissarlari qilayotgan ish bilan bizning ishni taqqoslaganda kamchiliklar ko'p. Ammo buning ustida ish olib boramiz, balki seminarlar tashkil etarmiz.

-   Muxlislarni stadionga qaytarish borasida qanday ishlar olib boriladi?
-   Muxlislarsiz futbol yo'q. Bu gapni ko'p marta aytganmiz. O'yin chiroyli bo'lsa, ishqiboz ham stadionga keladi. Men ko'p seminarlarda qatnashganman. OFK seminarlaridan birida shu mavzu ko'tarilganida ko'pchilik marketing yaxshi ishlashi kerak dedi. SHunda men so'zga chiqib, hammasi avvalo o'yin sifatiga bog'liqligini takidladim. Agar o'yin chiroyli bo'lsa, odamlar albatta keladi dedim. Va bu gapimni Eron, Saudiya Arabistonidan kelganlar darhol qo'llab-quvvatladi.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика