So’nggi yangiliklar

23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0

Farhod Bekmurotov: "Nasaf" va "Surxon" bilan o'yinga nisbatan maydon chimi yaxshilangan" Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: "Nasaf" va "Surxon" bilan o'yinga nisbatan maydon chimi yaxshilangan"

"Andijon" jamoasi Superliganing o'tgan turida o'z maydonida "Olimpik"ni qabul qildi (2:1).

Mazkur uchrashuvdan so'ng "burgutlar"  yarim himoyachisi Farhod Bekmurotov fikrlarini bildirib o'tdi. 


- "Andijon" jamoasi 17-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvini "Olimpik" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- "Olimpik" bilan bo'lib o'tgan o'yinni qiyin kechishini oldindan bilgan edik, chunki yosh jamoa may oyidan buyon g'alaba qozona olmayotgan edi. Har bir o'yinda raqiblariga munosib qarshilik ko'rsatishiga qaramasdan jamoa g'alabani qo'lga kirita olishmayapdi. Bu uchrashuvda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik deb o'ylayman.

- Ushbu uchrashuvda g'alaba gollarini kiritgan jamoaning legioner o'yinchilari haqida fikringiz? Ular qanchalik jamoaga moslashib ketishdi?

- Mavsum boshida kelib qo'shilgan albaniyalik forvard Rubin Xebay jamoamizga tez kirishib ketdi va buning ifodasi sifatida chempionatimizning to'purarlik bobida etakchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi davrada qo'shilgan Armin Boshnyak ham yaxshi saviyadagi o'yinchi ekanligi ko'rinib turibdi. Ketma-ket ikki turdan buyon super gollar urib jamoaga muhim bo'lgan ochkoni qo'lga kiritishda yordam berdi.

- “Bobur arena”  maydonining chimi yuqori darajada emasligi o'yinga qanchalik tasir ko'rsatmoqda?

- "Nasaf" bilan "Surxon" o'yiniga nisbatan bugun maydon chimi yaxshilanganligi sezilib turdi. Maydon mutaxassislari keyingi uchrashuvlarda yana ham chimning sifati yaxshilanishini aytib o'tdi.

- "Olimpik" jamoasi ustidan g'alaba qozonganligi uchun viloyat hokimi tomonidan berilgan sovg'a o'yinchilar kayfiyatini qay darajada ko'tardi?

- Birinchi navbatda bizga o'z yordamini ayamay kelayotgan viloyat rahbarimizga hamda jamoaning bosh homiysiga futbolchilar nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz. "Olimpik" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin shaxsan viloyat hokimi jamoa kayfiyatini ko'tarish maqsadida har bir o'yinchiga so'ngi rusumdagi Iphone 14 Pro smartfonini sovg'a sifatida berdi. O'yinchilarning kayfiyati alo darajada.

- "Andijon" jamoasi 18-turda qiyin bo'lgan raqib Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi. Bu o'yindan oldingi fikrlaringiz...

- Keyingi turda ajoyib o'yin bo'lishi kutilayotgan vodiy derbisi bo'lib o'tadi. Bu o'yinga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rib jamoa rahbarlari va jonkuyar muhlislarimizni xursand qilishga xarakat qilamiz.

- Har bir o'yinda ajoyib atmosfera yaratib berayotgan jamoa muhlislariga tilaklaringiz…

- Jamoamizning muhlislari har bir o'yinga Nodirbek To'ychiev boshchiligida har xil perfomanslar tayyorlab, o'yingox atmosferasini alo darajaga olib chiqmoqda. Biz o'yinchilar ham muhlislar uchun xar bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun kurash olib borishimizni takidlab o'tishim mumkin.  


Nodirbek Abdullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика