So’nggi yangiliklar

23:18"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Модрич, Гюлер, Мбаппе ва Винисиус асосий таркибда  0 23:16Сергей Лушчан: "Фақатгина 5 октябрь санасини кутиб яшаяпман"  0 22:57Илёс Зейтуллаев: “Динамо” майдонида очко олиб кетиш осон эмас”   6 22:00Туркия Суперлигаси. Алиқулов ва "Ризеспор" Истанбулда "Галатасарой" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 21:52Футзал бўйича ЖЧ-2024. Ўзбекистон Нидерландияга қарши илк турда сўнгги сонияларда урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди  54 21:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Насаф" 0:1, Жигаури гол ургач жарохат олишига озгина қолди  5 21:33Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ва Турғунбоев мавсумдаги иккинчи ғалабага эришди  0 21:23Жамбули Жигаурининг ягона голи "Насаф"га муҳим ғалабани тақдим этди  98 21:03АПЛ. "Ман Сити" камбэк қайд этди, "Ливерпуль" эса "Энфилд"да мағлуб бўлди  7 20:32РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Зенит"га мағлуб бўлди, Файзуллаев эса...  7 20:15Суперлига. Самарқандда 5 та гол урилган оқшомда "Бунёдкор" меҳмондаги илк ғалабасини қўлга киритди  5 19:39Футзал. "Ҳумо Арена"даги голлар шоуси ёҳуд гуруҳдошларимиз Парагвай - Коста-Рика учрашувидан ажойиб ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:32Онана биринчи марта АПЛ ўйинида пенальти қайтарди  4 19:20Футзал бўйича ЖЧ. Бразилия Куба дарвозасига 10та гол урди  1 19:16Футзал бўйича ЖЧ-2024. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳда Парагвай Коста-Рикани мағлуб этди  0

Farhod Abdumavlonov: “Biz jahon chempionatiga chiqish uchun birinchi qadamni tashladik” Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: “Biz jahon chempionatiga chiqish uchun birinchi qadamni tashladik”

Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi “A” guruhidagi ikkinchi tur uchrashuvini Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Biz fursatdan foydalanib terma jamoamiz vakili Farhod Abdumavlonov bilan uchrashib ushbu o'yin oldidan kichik intervyu oldik.

-  Bugun Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi bahs olib borasizlar. Ushbu terma jamoa Livanga qarshi o'yinda durang natija qayd etdi. Ushbu terma jamoa bilan bir necha bor to'qnash kelgansizlar. Qirg'iziston terma jamoasini hozirgi xolatini qay darajada deb baholaysiz?

-  Qirg'iziston yaxshi tayyorgarlik ko'rgan terma jamoa. Tayyorgarlik jarayonida Rossiyada yig'in olib borishdi. Uerda kuchli bo'lgan “Dina” klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi. Ular ushbu musobaqaga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan deb o'ylayman. Qirg'iziston terma jamoasida yaxshigina o'sish sezilyapti. Qolaversa butun Osiyo terma jamoalari o'sib boryapti. Osiyoda futzal jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Etibor bergan bo'lsangiz (8:0, 9:0) hisoblari qayd etilmayapti. O'rtamiyona jamoalar kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynaganda hisob kamida yirik ko'rinish olmayapti. Bu barcha terma jamoalar o'sib kelayotganidan dalolat beryapti. Bunga kechagi o'yinda Qatar va Yaponiya terma jamoasini misol qilish mumkin. Bugun Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'yinda g'alaba qozonamiz. Biz o'z kuchimizga ishonamiz.   

-  Qirg'iziston Livan terma jamoasi ga qarshi o'yinda durang qayd etishdi. Ushbu o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?

-  Qirg'izistonlik futzalchilar ikkita gol urib oldinga o'tib olganidan so'ng biroz xotirjamlikka berilishdi va o'yin tezligini biroz tushurishdi deb o'ylayman. Livan terma jamoasi futzalchilari shundan unumli foydalanishdi va hisobda ham oldinga chiqib olishdi. Vetnam terma jamoasi avvalgi Osiyo chempionatida yaxi ishtirok etishgan. Qirg'iziston terma jamoasi livanliklarning xatosidan foydalanib ikkita gol urishga erishdi. Livan bunday tushkunlikka tushib qolmadi balki o'z o'yinini namoyish etib hisobda ham oldinga chiqib olishgandi. Lekin livanlik futzalchi so'nggi daqiqalarda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va raqiblar hisobni tegnlashtirishga erishishdi. Ushbu o'yin natijasi biz uchun hech qanday axamiyatga ega emas. Biz o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak. Bunaqangi yirik musobaqalarda kim ko'p xatoga yo'l qo'ysa o'sha jamoa mag'lubiyatga uchraydi. Asosan xatolarsiz harakat qilish kerak.


- Birinchi turda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'yinda birinchi bo'limda ko'p xatolarga yo'l qo'ydinglar. Ushbu xatolardan hulosa chiqardinglarmi?
- Har bir terma jamoa uchun birinchi o'yin juda qiyin kechadi. Meni fikrimcha birini bo'lim biz uchun juda og'ir kechdi. Yaxshiyamki jamoamiz posboni Rustam Umarov raqiblarning bir qancha golli vaziyatlarini yo'qqa chiqardi. SHundan so'ng bizda o'zimizga bo'lgan ishonch yanada oshdi. Murabbiylarimizni ko'rsatmalariga amal qilgan xolda ikkinchi bo'limni alo darajada o'tkazdik. Bugungi o'yin biz uchun oson kechadi deb o'ylayman. Birinchi o'yidan so'ng xatolarimizni bilib oldik va ushbu xatlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.   

- Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'yinga 100 foiz tayyormisizlar?
-  Albatta 100 foiz tayyormiz. Birinchidan ushbu musobaqa o'z uyimizda o'tkazilyapti, ikkinchidan xar bir o'yinga 100 foizlik tayyorgarlik bilan tushmasak mag'lub bo'lishimiz mumkin. SHuning uchun biz barcha o'yinlarga 100 foiz tayyormiz. Faqatgina muxlislarimiz kelib bizni qo'llab – quvvatlab turishsa shuni o'zi biz uchun yanada ishonch bag'ishlaydi.

- Kelgusi o'yinlar haqida qanday fikr bildirasiz?

- Keyingi o'yinlar haqida gapiradigan bo'lsam, o'z o'yinimizda o'sish bo'lishini kutib qolaman. Biz jahon chempionatiga chiqish uchun birinchi qadamni tashladik. Bugun ikkinchi qadamni talaymiz. Qadamma – qadam g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz faqat hozirgi o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak. Ertangi o'yin haqida bugungi o'yinda g'alaba qozonsak o'ylaymiz. SHuning uchun faqat bugungi o'yinga bor etiborimizni qaratganmiz.
 

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика