Farhod Abdullaev: "Ummondan Saudiya Arabistoniga, so'ngra Dubayga boraman"
06 dek 2014 15:14
Yangiliklar


Farhod Abdullaev: "Ummondan Saudiya Arabistoniga, so'ngra Dubayga boraman"
Hamyurtimiz FIFA instruktori Farhod Abdullaev uchun dekabr oyi anchagina tadbirlarga boy bo'ladi.
"Ayni paytda Ummonda bo'lib turibman. Yosh hakamlarni ko'rib, OFKga tavsiya qilishim kerak. Kechadan shu bilan shug'ullanishni boshladim. Ertaga Saudiya Arabistoniga boraman. 7-11 dekabrda aynan Saudiyada seminar o'tkazaman. So'ngra to'g'ri Dubayga uchaman. BAAda 14-18 dekabr kunlari oralig'ida OFK hakamlar seminari bo'lib o'tadi", - deydi Farhod Abdullaev.
Eslatib o'tamiz, Abdullaev o'tgan hafta Avstraliyaning Kanberra shahrida mahalliy instruktorlar uchun seminar o'tkazib qaytgan edi.
Eslatib o'tamiz, Abdullaev o'tgan hafta Avstraliyaning Kanberra shahrida mahalliy instruktorlar uchun seminar o'tkazib qaytgan edi.

Fikrlar