Farhod Abdullaev OFK hakamlik kurslariga konsultant sifatida tayinlandi
08 noy 2018 09:31
Yangiliklar
Farhod Abdullaev OFK hakamlik kurslariga konsultant sifatida tayinlandi
FIFA va OFK o'zbekistonlik futbol hakamlari hamda mutaxassislariga yuksak ishonch bildirayotganidan futbol muxlislarining xabarlari bor.
Osiyo futbol konfederaciyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilning 20-30 noyabr kunlari OFKning yuqori darajali hakamlari va yordamchi hakamlari uchun o'quv kurslarini tashkil qilmoqda.
Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan ushbu o'quv kurslariga OFK va O'FA instruktori Farhod Abdullaev konsultant etib tayinlandi. Mazkur hakamlik kurslarida Osiyoning etakchi referilari va assistentlari qatnashishadi.
Bundan tashqari, shu yilning 2-7 dekabr kunlari Tailandda Osiyodagi hakamlarning malakasini oshirish va hakamlikni rivojlantirishga qaratilgan seminar o'tkaziladi. Hamyurtimiz Farhod Abdullaev ushbu seminarga ham konsultant sifatida taklif etilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar