Farg'onaning "Neftchi" klubi Toshkent yig'inini yakunladi
29 jan 2014 14:43
Yangiliklar

Farg'onaning "Neftchi" klubi Toshkent yig'inini yakunladi
Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" klubi poytaxtdagi yig'inni yakunladi.
12 yanvardan boshlangan yig'inda farg'onaliklar jami 5ta nazorat uchrashuvini o'tkazdi. "Metallurg"ga qarshi kechgan bahsda 3:4 hisobida imkoniyat boy berildi. O'sha o'yinda urilgan gollarni tomosha qilmaganlar uchun video.
So'ngra birinchi liganing "Oq-tepa" klubi bilan bo'lib o'tgan o'yinda Ismoilov shogirdlari 3:1 hisobidagi g'alabaga erishdi.
"Olmaliq"qa 0:1 hisobida, "So'g'diyona"ga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Yig'in doirasidagi oxirgi o'yin "Mashal"ga qarshi o'tkazildi. 28 yanvar kungi bahsda muborakliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilovning aytishicha "Neftchi" yaqin orada zamonaviy akademiyaga ega bo'ladi (video). Mavsum boshiga qadar jamoaga tajribali himoyachilar jalb qilinishi mumkin.
Endi "Neftchi" 2-10 fevral kunlari Farg'ona hokimi kubogi musobaqasida ikki tarkib bilan ishtirok etadi.
SHundan so'ng jamoa 15 fevral kuni xorijiy yig'in o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketadi.

Fikrlar