Farg'onaga ota-o'g'il Abduraimovlar keladi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2018, 17:59
1 mart kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Neftchi" hamda "Nasaf" jamoalari mavsumning ilk bahsida o'zaro bellashishadi.

Ayni kunda  Farg'ona viloyati hokimligi, viloyat futbol federatsiyasi, "Neftchi" PFK hamda "Istiqlol" stadioni mutassadlari ochilish bahsiga katta tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda.

Muxlislar uchun yaxshi xabarimiz bor. Farg'onadagi uchrashuvga o'zbek futbolining barhayot afsonasi, mamlakatimizda kattayu-kichik muxlisning qadrli futbolchisi bo'lgan Birodar Abduraimov hamda 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgan yana bir afsona Azamat Abduraimov taklif etildi.

Futbolimizning taniqli vakillari "Neftchi" - "Nasaf" bahsida ramziy manoda to'pni o'yinga kiritib berishadi va shuning bilan Farg'onada katta futbol mavsumi start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz