So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni shahar ko'rkiga ko'rk qo'shib turishi uchun qurilganmi? Yangiliklar

Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni shahar ko'rkiga ko'rk qo'shib turishi uchun qurilganmi?

"Neftchi" degan yaxshi jamoa bor edi. Endi u yaxshi jamoa emas.

Klubga avval qancha berilgandi, hozir qancha olyapti manosida malumot bergandim, Popov degan odam “lag'mon” nomli maqola yozib chiqibdi. Qo'limizda faktlarimiz bor, u nima asoslanib shunday fikrlar bildirgani qiziq bo'ldi. Hay mayli.

Farg'onada "Istiqlol" degan jamoa ham bor. U “Quvasoy tamir qurilish” tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday klublarning ko'proq bo'lishi mamlakat futboli uchun foydali. Davlat korxonalari futbol klublarini moliyalashtirgandan ko'ra, futbolga o'z yonidan pul tikadigan sektor samaraliroq ishlaydi.

Mana shu ikki klub "Istiqlol" stadionida uy uchrashuvlarini o'tkazib kelayotgandi. Bu stadion qurilishi “Quvasoy tamir qurilish” bilan bog'liq (adashmayotgan bo'lsak, korxonaga smeta xarajatlari to'liq to'lab ulgurilmagan). Biroq endilikda Farg'ona tomoni har ikki klubni stadionga qo'ymoqchi emas. Ular stadionda to'p surishni istasa, har bir o'yin uchun 25 milliondan to'lab berishi kerak. Ko'rinishidan, "Navbahor", "Andijon" kabi klublarning ijara pulini to'lab to'p surgani rahbariyatga yoqib tushgan.



Savollarimiz bor. Bizda futbol stadionlari o'zi nima uchun qurilgan? Biror sanatkor koncert qo'yishi, qaysidir organ jangovor tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazishi uchunmi yoki futbol o'ynash uchun? To'g'ri, klub o'z balansida bo'lmagan stadion uchun ijara puli to'lashi kerak. Bu uning muxlislar bilan ishlashi, chiptalardan pul ishlash uchun mehnat qilishiga olib kelishi mumkin. Lekin nega bu talab yil avvalida emas, may oyining so'nggi o'n kunligida qo'yilmoqda? Klublar o'z smetasiga bu harajatlarni kiritmagan-ku.

SHundoq ham so'lib borayotgan "Neftchi" klubini yanada jarga itarish kerak bo'lsa, u holda Farg'ona futboli to'g'ri yo'lda. Futbolga o'z yonidan pul tikayotgan sektorni yanada ko'proq boshi berk ko'chalarda sarson qilish kerak bo'lsa, u holda ham to'g'ri yo'ldamiz.

P.S. "Neftchi" klubi o'z bazasiga chiqib ketdi, "Istiqlol" Marxamat tumanidan (Andijon viloyati) maydon izlab yuribdi. Farg'onadagi bosh stadion esa shahar ko'rkiga ko'rk qo'shib turibdi, - deb yozadi PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика