So’nggi yangiliklar

08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  0 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5

Farg'onada o'smirlar o'rtasida "Navro'z kubogi" futbol musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada o'smirlar o'rtasida "Navro'z kubogi" futbol musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Navro'z kubogi
Joriy yilning 23-27 mart kunlari Farg'ona shahrida sportning futbol turi bo'yicha 2006-2007 hamda 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida "Navro'z kubogi" uchun Respublika ochiq turniri musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur turnirni tashkil etishdan maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4-dekabrdagi "O'zbekiston futbolini rivojlantirish mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2020 yil 30-oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari ijrosini taminlash, o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida do'stona munosabatlarni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni sportga jalb etish hamda sportning futbol turini yanada ommalashtirish, o'quvchi-yoshlarning bahorgi tatil vaqtlarini mazmunli o'tkazish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.

Musobaqalar Farg'ona shahridagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi hamda viloyat futbol associaciyasi qoshidagi "Futbol markazi" maydonlarida tashkil etildi. "Navro'z" kubogi musobaqasining 2006-2007 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasidagi bahslarda jami 12 nafar jamoa (216 nafar sportchi) ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, mazkur yosh toifasida "Ipakchi" (Farg'ona) jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

2008-2009 yillarda tug'ilgan sportchi yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda jami 16 ta jamoa (288 nafar sportchi) qatnashdi va yakunda "Neftchi" futbol maktabi yoshlari birinchi o'ringa loyiq deb topildilar.

Musobaqa yakunida ishtirokchi jamoa va g'oliblarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. O'zbekiston futbol associaciyasi vakili Mamur Saidqosimov, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'zievlar ishtirok etgan taqdirlash marosimida ishtirokchilar va g'oliblarga turli darajadagi diplom, medal va esdalik sovg'alari topshirildi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика