So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  0 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Farg'onada "CHarm to'p-2019" futbol musobaqasi o'tkazilmoqda Yangiliklar

Farg'onada "CHarm to'p-2019" futbol musobaqasi o'tkazilmoqda

Teglar :  CHarm to'p
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi yig'ilish bayoniga asosan mamlakatimizda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan mahalla yoshlari o'rtasida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasi tashkil etilmoqda.

Ayni kunlarda Farg'ona viloyatida mazkur musobaqaning shahar va tuman bosqichlari yakunlanib, viloyat bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun Qirgulidagi "Neftchi" SK maydonida musobaqa doirasida ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi. Dastlab Farg'ona shahri jamoasi Quva tumani jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda Marg'ilon shahri jamoasi Yozyovon tumani jamoasini 5:0 hisobida taslim etdi.

"Viloyatimizda "CHarm to'p-2019" musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda" - deydi musobaqa ishtirokchisi Abdumalik Ismoilov.

"Mazkur musobaqa orqali ko'plab do'stlar orttirdik, futbol bo'yicha bilim va malakalarimizni yanada oshirdik. Umuman olganda bu musobaqa biz yoshlarga katta tajriba maktabi bo'lmoqda. Barcha tashkilotchilarga jamoamiz azolari nomidan minnatdorchilik bildiraman".

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqaning viloyat bosqichi final uchrashuvi 19 avgust sanasida Farg'ona davlat universiteti o'yingohida bo'lib o'tadi.





Bekzod Tolibov, Farg'onadan maxsus

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика