So’nggi yangiliklar

22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  14 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1

Final oldi stadiondamiz, taqiqlar yo'q emas! Yangiliklar

Final oldi stadiondamiz, taqiqlar yo'q emas!

O'zbekiston kubogi finali doirasida AGMK va "Paxtakor" jamoalari bosh sovrin uchun kurashishadi.

Ayni paytda ijodiy guruhimiz bilan "Istiqlol" stadionidamiz. Muxlislarga qaynoq va qiziqarli xabarlarni etkazish uchun stadionga ancha oldin etib keldik. Ammo O'FA va PFL xodimlari o'yingacha bo'lgan jarayonlarni suratga olishni taqiqlab qo'yishdi.

PFL matbuot xizmati esa soat 13:00dan boshlab OAV xodimlari stadiondan turib bemalol ishlashi mumkinligi haqida rasman elon qildi. Ayni paytda Farg'onada u qadar sovuq emas, lekin shamol qo'zg'aldi. Internetdagi ob-havo malumotiga ko'ra, soat 13:00dan boshlab yomg'ir tomchilash ehtimoli bor.

Final ishtirokchilari, yani AGMK va "Paxtakor" jamoalari o'yinga 1,5 soat qolganida stadionga tashrif buyurishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston kubogi sohibiga topshiriladigan kubokni hozircha ko'rganimiz yo'q. Qolaversa, g'olibga sovrinni kim topshirishi ham bizga malum emas. Odatda finaldan oldingi matbuot anjumanida kubok stolda turadi. Har ikkala jamoa murabbiylari va futbolchilari aynan kubok oldida uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirishadi odatda. Lekin kechagi matbuot anjumanida kubok murabbiy va futbolchilar oldiga keltirilmadi. 

Bizga faqat O'zbekiston kubogi sohibiga topshiriladigan sovrin stadionda ekani malum qilindi. Stadiondagi tribunalarda ayni paytda "Paxtakor" tomonidan keltirilgan bir necha yuzlab sariq rangli futbolkalar qo'yib chiqilmoqda. "Paxtakor" finalga o'zgacha ruhda tayyorlangan.

Qizig'i, AGMK jamoasining asosiy ranggi ham sariq. SHu jihatdan olib qaraganda, bugungi finalda "Paxtakor" muxlislari joy oladigan tribunalarning ananaviy ranggiga bezashidan AGMK klubi ham yutqazmaydi.


P.S: Har qanday final o'yinlari, u mamlakat kubogi bo'ladimi yoki Qita musobaqasi. Media markazlar soat 9:00dan ishga tushadi va OAV vakillari stadion hududida erkin ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Faqat bizning PFLda emas.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика