So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  8 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Farg'ona viloyati kubogi. Finalda "Cementchi" "Turon"ni mag'lub etdi FOTO Yangiliklar

Farg'ona viloyati kubogi. Finalda "Cementchi" "Turon"ni mag'lub etdi FOTO

21 noyabr kuni Yaypan shahrining O'zbekiston tumani katta futbol bayramiga mezbonlik qildi.

Viloyat kubogining finalida "Turon" hamda "Cementchi" jamoalari to'qnash kelishdi.

Farg'ona futbol associaciyasi xar yili final uchrashuvini viloyat markazida tashkillab kelardi. Biroq bu safar ushbu ananaga chek qo'yildi. Kubok bahsilari boshlanishidan avval viloyat futbol associaciya mezbonlikni O'zbekiston tumaniga topshirdi.

Final uchrashuvi yuqori saviyada o'tkazildi. Farg'ona futbol associaciyasi, O'zbekiston tumani hokimligi hamda "Turon" futbol klubi rahbariyati xamkorligida final uchrashuviga katta tayyorgarlik ko'rildi.

Bellashuvga ko'p sonli futbol muxlilari tashrif buyurganligini takidlash o'rinlidir. O'yindan avval stadionga yig'ilgan ishqibozlar uchun koncert dasturi tashkil qilindi. Bu esa o'yingohga yanada bayramona muhit baxshida etdi. Umuman olganda, shu kuni barchasi yuqori saviyada tashkil qilindi.

Aytish kerakki, keng jamoatchilik bellashuvdan avval mezbonlarning imkoniyatlarini yuqori baholashgandi. Sababi yaypanliklar safida O'zbekiston chempionati bahsilari ko'p yillar ishtirok etgan va ko'pni ko'rgan futbolchilar talaygina edi. Mo'ydin Mamazulumov, Otabek Isroilov, Sobir Hamidov hamda SHoxrux Xolmatovlar shular sirasiga kiradi. Ammo shu kuni tajriba o'z so'zini aytamadi. Bellashuv tengkurashlar ostida kechdi. Xar ikkala jamoada ham gol kiritish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo ushbu imkoniyatlardan ko'proq quvasoyliklar unumli foydalanishdi. Yakuniy hisob 1:2, "Cementchi" final bahsida "Turon"ni mag'lub etdi. Gollarga mehmonlar safida Abduqodir Artikov hamda Elyor Mo'ydinovlarga egalik qilishdi. SHuningdek Mo'ydin Mamazulumov "Turon"ning yagona to'piga muallif bo'ldi.

Taqdirlash marosimi ham barchani diqqat etiborida bo'ldi. Unda Farg'ona viloyati 2-liga chempioni "Turon" hamda Kubok g'olibi "Cementchi" jamoalari taqdirlanishdi. G'oliblarga sovrinlarni O'zbekiston tumani xokimining Yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Isroil Tursunov hamda Farg'ona futbol associaciya birinchi vice-prezidenti Rasuljon Yo'ldashevlar topshirishdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика