Farg'ona viloyati hokimi kubogi 29 yanvar kuni start oladi
12 jan 2016 09:30
Yangiliklar


Farg'ona viloyati hokimi kubogi 29 yanvar kuni start oladi
Farg'ona viloyati Futbol federaciyasi tomonidan tashkil etilgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2016”da bu gal 12 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bular Oliy liga vakillari – “Neftchi” (Farg'ona, ikkita tarkib bilan), “Qo'qon-1912” (Qo'qon, ikkita tarkib bilan), “Navbahor” (Namangan), “Andijon” (Andijon), “Qizilqum” (Navoiy), Birinchi liga vakillari – “Cementchi” (Quvasoy), “Yozyovon lochinlari” (Yozyovon), “O'z Dong Ju” (Andijon), “Norin” (Namangan) hamda 2015 yilgi Farg'ona viloyati chemioni va Kubogi sohibi “FarDU-Futbol info” (Farg'ona).
Jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda kurashga kirishadi. O'yinlar 29 yanvar kuni boshlanadi. 6 fevral kuni musobaqa g'olibi aniqlanadi.
Aytgancha, bu safar musobaqada Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham qatnashadi. Bu esa musobaqaga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi.
Uchrashuvlar “Neftchi SM”, “Farg'ona davlat universitetining sport-sog'lomlashtirish majmuasi (sobiq “Farg'ona” markaziy o'yingohi) va “Neftchi” Futbol maktabiga qarashli stadionlarda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilgi “Viloyat Hokimi Kubogi”da “Qo'qon-1912” jamoasi finalga qadar etib borgandi. Hal qiluvchi bahsda “Neftchi”ga imkoniyat boy berilgan.
Guruhlar va musobaqa taqvimi bilan keyinroq yana batafsil tanishirib o'tamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar