So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Farg'ona viloyati birinchiligi. Kechagi uchrashuvlardan so'ng murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Farg'ona viloyati birinchiligi. Kechagi uchrashuvlardan so'ng murabbiylar fikrlari

Bugun futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligida 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvlardan so'ng jamoalar bosh murabbiylari fikrlari bilan qiziqdik.

Sardor Zokirov, "Cementchi" bosh murabbiyi: "Futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi 2-liga musobaqalarida joriy mavsumda jami 16 ta jamoa ishtirok etib kelmoqda. Bulardan 9 ta jamoa Farg'ona xududi, 7 ta jamoa Qo'qon xududiga ajratilgan xolda tashkil etilmoqda.

"Cementchi" jamoamiz Farg'ona xududiga ajratilgan xolda musobaqalarda ishtirok etmoqda. Mazkur chempionatda futbol uchrashuvlari juda qizg'in ruhda tashkil etilmoqda. Bilasizmi, musobaqalar davomida kutilmagan natijalar ham kuzatilmoqda. Masalan hech kutilmaganda yoshlar jamoasi vakillari kattalar jamoasini mag'lub etib qo'ymoqda. Umumiy manoda aytadigan bo'lsak, har yilgiga qaraganda bu yilgi musobaqalar juda qiziqarli tarzda o'tmoqda.

Viloyat futbol Associaciyasi rahbari Nosir Otaqo'ziev boshchiligida bu yilgi musobaqalar juda yaxshi tashkil etilmoqda deb ayta olaman. Nasib bo'lsa bundan ham yaxshiroq natijalarga erishishga harakat qilamiz.

"Cementchi" jamoasining joriy mavsumdagi maqsadi viloyat birinchiligida g'olib chiqish hamda pulka o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashishdan iborat.Jamoamizni ushbu mavsum yakunida Birinchi liga yo'llanmasiga ega chiqishiga umid qilib qolamiz.



Furqat Qo'chqorov, "Yozyovon-Lochinlari" klubi bosh murabbiyi: " Bu yilgi viloyat birinchiligida munosib ishtirok etishga harakat qilmoqdamiz. Musobaqalarni tashkillashda beminnat yordam ko'rsatib kelayotgan Farg'ona viloyati futbol Associaciyaga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Musobaqalar juda ko'tarinki ruhda o'tkazib kelinmoqda.

"Yozyovon-Lochinlari" klubining joriy mavsumdagi maqsadi viloyat birinchiligida g'oliblikni qo'lga kiritgan xolda pulka o'yinlarida munosib ishtirok etishdan iborat. Klubimiz rahbarlari tomonidan bu borada bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика