So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

“Farg'ona viloyat Hokimi Kubogi-2017” kundaligi: Birinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyat Hokimi Kubogi-2017” kundaligi: Birinchi kun

Kecha Farg'onada ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Hokim Kubogi-2017” musobaqasiga start berildi. Uchta guruhda birinchi tur bahsga bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqaga bag'ishlangan kundagimizning birinchi kunida kecha o'tkazilgan o'yinlar xususida so'z yuritamiz.
 
Debyutantining shashti baland

“A” guruhida bitta o'yin o'tkazildi. Birinchi liga debyutanti “Istiqlol” jamoasi musobaqani ajoyib g'alaba bilan boshladi. Noil Gubanov shogirdlari “Istiqlol” stadionida suniy maydonda bo'lib o'tgan uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

Ochig'ini aytish kerak, ko'pchilik birinchi liga etakchilaridan biri sanalgan – “O'z Dong Ju” quyi liganing yangi vakiliga yutqazib qo'yishini kutishmagandi.

“A” guruhi
1-tur
O'z Dong Ju – Istiqlol  2:3


“Barkamol avlod”ning parvozi

“S” guruhida ishtirok etayotgan birinchi liganing yana bir vakili – “Yozyovon lochinlari” ikki ochko yo'qotdi. “Toshloq”qa qarshi kechgan bahsda hisobni ochgan yozyovonliklar g'alabani saqlab qola olishmadi. Bir paytlar “Neftchi” safida harakat qilgan Doston Tursunzoda toshloqliklar joniga oro kirdi.

“Toshloq” o'yinda bir kishi kam bo'lib harakat qilganiga qaramay, bir ochkoni qo'lga kiritishga erishdi.

“Barkamol avlod” va “Farovon” jamoalari o'rtasidagi bahs ham qiziqarli va gollarga boy tarzda o'tganini takidlash joiz. Uchrashuvda “Barkamol avlod” 4:2 hisobida raqibidan ustun keldi.

“S” guruhi
1-tur
Yozyovon lochinlari – Toshloq 1:1
Gollar: Behzod Maxpiraliev – 1:0, Doston Tursunzoda – 1:1.

“Yozyovon-Lochinlari”: Jasur Abdullaev, Yoqubjon Ergashev, Ulug'bek Olimov, Bobur Mamurov,  Maqsud Ismoilov, Zohid Ismoilov, Behzod Maxpiraliev, Umidjon Hoshimov, Bunyod Abdumannonov, Muhriddin Mamasoliev, Azizbek Matkarimov.
Zaxira: SHahboz Abdurahmonov, Davron Hojimatov, Ahmadxon Ro'ziboev, Hikmatillo O'rmonov, Islombek Nazirov, Abdurashid Ismoilov, SHerzod SHarofiddinov .

“Toshloq”: Elmurod Mirzamatov, Lochin Isroilov, Muzaffar Mamarizaev, Fazliddin Qosimjonov, Doston Tursunzoda, Doston Mullazoda, Usmon Soyipov, Salohiddin Ortiqov, Doniyor Fosilov, Asilbek Mo'ydinov, Rahmatillo Odiljonov.
Zaxira: Fayzullo Nurmatov, Nodir Muhammadjonov, Jahongir Yusufjonov, G'ayrat Sattorov, Ahror SHaripov, Doston Madarahimov, Abdurauf Rustamov.

Barkamol avlod – Farovon 4:2
Gollar:
Sanjar Zokirov, Nodir To'lanov, (2ta) Hamidillo Abduhamidov, Jahongir Dadaboev, Ulug'bek Abduqodiro.v

“Barkamol Avlod”: Mashxur Muhammadjonov, Sanjar Zokirov, SHoxjahon Ro'zmatov, Nodir To'lanov, Asil G'oibjonov, Hamidillo Abduhamidov, Avazbek O'lmasaliev, SHodiyor Xojimatov, Husan G'aniev, Mirjamol Nematov, Mirzohid Egamberdiev.
Zahira: Qahhor Yoqubjonov, Abdujalil Yoqubjonov, Botir Mamasodiqov, Rahim Matkarimov, Asad Mamurov.

“Farovon”: SHerzod Abduraimov, Bobur Rasulov, Jasur Sodiqov, Ulug'bek Abduqodirov,  Zokir Nurmatov,  Xayrullo Qodirov, Dilshod Eminov, Salim Nizomiddinov, Jahongir Dadaboev, Aziz Ibragimov, Javohir Karimov.
Zahira: SHahzod Madaminov, SHoxrux Saidjonov, Davron Hudoyorov, Habibullo Boboxonov, Ibrohim Mamajonov, SHuhrat O'rinboev.

 “Mashal-2” ham ochko yo'qotdi

So'nggi guruhdagi bahslarda ham qiziqardi va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. “Qo'qon-1912-2” jamoasi birinchi uchrashuvda “Cementchi-2” jamoasini dog'da qoldirdi. Qo'qonliklar birinchi bo'lim yakunlanishi arafsida hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida quvasoyliklar hisobni tenglashtirishga erishishdi. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida zaxiradan maydonga tushgan Doniyor To'lashev “Cementchi-2” darvozasini aniq nishonga olib, qo'qonliklarga muhim g'alabani taqdim etdi.

Andijon viloyati vakili – “O'z Tong Kong Xo” klubi esa Sirdaryo yoshlar terma jamoasini yirik hisobda dog'da qoldirdi.

Nihoyat, guruhdagi so'nggi uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. “Mashal-2” jamoasi Farg'ona viloyati chempioni – “FarDU”ga qarshi maydonga tushib, nursiz durang qayd etdi. SHu kuni muborakliklar safida Kenja To'raev, Mirzakamol Kamolov singari futbolchilar harakat qilishganini takidlash lozim. SHunday bo'lsa-da “Mashal-2” jamoasi durangga erishdi. Aksincha, “Talabalar” bir qator qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

“D” guruhi
1-tur
Cementchi-2 – Qo'qon-1912-2  1:2
Gollar:
J. To'lashev-70. – Baratov-25, D. To'lashev-90.

“Qo'qon-1912-2”: 20. I. Abdullaev, 6. I. Muxtorov, 8. I. Malikjonov, 10. A. Rahmonov, 14. S. Isaqov, 15. M. Zokirjonov, 17. I. Karimov, 19. SH. Xolmatov, 21. D. Meliqo'ziev, 25. D. Baratov, 27. I. Oxunjonov.

Zaxira: 1. M. Sobirov, 4. M. Rahimov, 5. D. To'lashev, 2. R. Isaqov, 11. A. O'ktamov, 22. I. Ahmadjonov, 26. I. Usmonov.

Mashal-2 – FarDU – 0:0

O'z Tong Xong Ko – Sirdaryo yo.t.j  3:0


Taqvimdagi o'zgarish

Bugun ham musobaqada o'yinlar davom ettiriladi. Musobaqa taqvimida o'zgarish yuz berdi. Bugun bo'lib o'tishi lozim bo'lgan “Navbahor” – “Oloy” uchrashuvi namanganliklarning tibbiy ko'rikdan o'tishlari munosabati bilan boshqa muddatga qoldirildi.

Bugungi o'yinlar:
27 yanvar
Andijon – Mashal-1  soat 11:00  FarDU SM
Cementchi-1 – Norin  soat 14:30  FarDU SM

Abror DEHQONOV.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика