So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  8 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Farg'ona hokim kubogi. "Qo'qon-1912"da bitta g'alaba va durang Yangiliklar

Farg'ona hokim kubogi. "Qo'qon-1912"da bitta g'alaba va durang

Farg'ona hokim kubogi turnirining bugun 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912-2” jamoasi esa bugun musobaqada ilk uchrashuvini o'tkazdi.
Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida yoshlar jamoamiz birinchi liga azosi “Yozyovon-lochinlari” bilan kuch sinashdi.

Asad Do'rmonov boshchiligidagi yozyovonliklar o'yinning 14-daqiqasida penaltidan hisobni ochishga erishdi – 1:0.

Ikkinchi bo'limda esa qo'qonliklar javob to'pini kiritibi, muvozanatni tikladi – 1:1.

Uchrashuda boshqa gol kuzatilmadi.

 
“A” guruhi, 2-tur

30.01.2015

11:00. “Yozyovon-lochinlari” – “Qo'qon-1912-2” 1:1 (1:0).
Farg'ona. “Neftchi SK” stadioni.
Hakam:
Ravshan Kapadze (Farg'ona).
“Yozyovon-lochinlari”: SHuhrat Sotvoldiev, Jahongir Yusufjonov, Ulug'bek Olimov, Yoqubjon Eraliev, Boymirza Abdullaev, Dilmuhammad Xudoyberdiev, Zohid Ismoilov, Vladislav Norov, SHahboz Abdurahmonov, Bahrom Yusupov, Jo'rabek Sobirov.
Zaxira: Doniyor Minavvarov, Bobur Rasulov, Akbar Abdurahmonov, Abror Ismoilov, Umid Hoshimov, Akram Muxtorov, Qobul Ergashev.   

“Qo'qon-1912-2”:
Nodir Ashurmatov, Ravshan Haydarov, Muhammadanas Hasanov, Nodirbek Qo'ziboev, Muhriddin Mamasoliev, Avazxon Mamatxo'jaev, Azamjon Samijonov, Oybek Rustamov, Azamatjon Tursunov, Anvar Rahimov, Maruf Zokirjonov.
Zaxira: Dostonbek Meliqo'ziev, Iqbol Malikjonov, Ismoil Oxunjonov, Dadaxon Sulaymonov.
Gollar: Zohid Ismoilov, 14-pen – Azamatjon Tursunov, 80.

 
“V” guruhi, 2-tur
“V” guruhidagi “Qo'qon-1912-1” jamoamiz bugun “FarDU-Futbol info” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Mazkur uchrashuvda tajriba borasida ustunlikka erishgan jamoamiz hisobda ham buni isbotladi.

Dastlab darvozabon qiyinchilik bilan qaytargan to'pni jarima maydoni ichida Otaqo'ziev osonlikcha darvoza to'riga joylab, hisobni ochdi – 1:0.

33-daqiqada esa Sardor Eminov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. Uning zarbasidan keyin to'p darvozani yuqori to'qqio'ligiga borib tushdi – 2:0.

Ikkinchi bo'limda ham qo'qonliklar tashabbusni raqibga berib qo'ymadi va ketma-ket hujumlar tashkil etdi.

Ikkinchi bo'lim boshlarida markaziy yarim himoyachi Bahodir Akramov jamoadoshlari bilan “stenka” o'ynagan xolda, darvozaning pastki o'ng burchagini aniq nishonga oldi – 3:0.

O'yin taqdiri deyarli hal etilganidan keyin “FarDU-Futbol info” o'yinchilari katta ishtiyoq bilan oldinga intildi. Vaziyatlarning birida Kamron Munavvarov himoyachilar qurshovidan qochib ketib, darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirishga erishdi – 3:1.

81-daqiqada esa Orif Mamajonov uzoq masofadan zarba yo'llab, to'pni darvozabonning ustidan oshirib tashladi va shu tariqa bu o'yinda ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi – 4:1.

Bahsda boshqa gol kuzatilmadi jamoamiz 6 ochko bilan “V” guruhi peshqadamiga aylandi.   
 

30.01.2015

"Qo'qon-1912-1"- "FarDU-Futbol info" 4:1 (2:0).
Farg'ona. Spartak stadioni.
Hakamlar:
Temur To'xtasinov (Andijon), Yormuhammad Abdusalomov (Farg'ona), SHoxruh Azamov (Farg'ona)

Gollar: Nosir Otaqo'ziev, 23. Sardor Eminov, 33. Bahodir Akramov, 49. Kamron Munavvvarov, 71. Orif Mamajonov, 81.
“Qo'qon-1912-1”: Andrey Baklanov (S), Qahramon Muhammadjonov, Igor Golban, Hasanboy Ergashev, Jalil Kimsanov, Orif Mamajonov, Bahodir Akramov, Izzat G'aniev, Damir Nizanov, Sardor Eminov, Nosir Otaqo'ziev.
Zaxira: Aziz Ashurov, Abdulatif Abduqodirov, SHoxruh Xolmatov, Bahrom Yuldashev, Nodir Qo'ziboev, Quvondiq Ro'ziev.

“FarDu-Futbolinfo”: Ulug'bek Abdumalikov, Islom Ziyotaliev, SHodiyor Xojimatov, Ziyod Qurbonov, Mirzohid Egamberdiev, Usmon Soipov, Hayot Yoqubov, Farruh Odilov, Ilmiddin Mamatboqiev, Alisher Nuraliev, Mamatvali Nuriddinov.
Zaxira: Elmurod Mirzamatov, Ulug'bek Abduqodirov, Xayrullo Madaminov, Muslim Abdullaev, Dilmurod SHamatov, Bekzod Alijonov, Kamron Munavvarov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика