So’nggi yangiliklar

00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  0 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  3 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  1 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  13 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  4

Farg'ona hokim kubogi bu safar ham “Neftchi”da qoldi Yangiliklar

Farg'ona hokim kubogi bu safar ham “Neftchi”da qoldi

Vanihoyat Farg'ona shahrida hokim kubogining final o'yini yakuniga etdi. “Spartak” stadionida kechgan o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori edi.
SHuning uchun ham tribuna ishqibozlar bilan to'lib-toshib ketdi. Farg'onalik muxlislardan tashqari Qo'qondan ham yuzdan ziyod tomoshabin tashrif buyurganini ko'rish mumkin edi.

Uchrashuvda qo'qonliklar tezkor gol bilan stadionni larzaga keltirdi. Nosir Otaqo'ziev sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etdi. Bu hisob uzoqqa cho'zilmadi va SHerzod Hakimov dubl qayd etgan bo'lsa, Mansur Saidov jamoadoshi Akmal Xolmatovning pasini gol bilan yakunlab, tanaffusga qadar “Neftchi”ning g'alabasini taminladi.

Ikkinchi bo'limning so'nggilarida esa zaxiradan maydonga tushgan Ro'zimboy Ahmedov bosh bilan Baklanov darvozasini ishg'ol etdi.

SHu tariqa uchrashuv yakunlandi va bu safar ham hokim kubogi “Neftchi”da qoldi.

O'yindan so'ng Farg'ona viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Salimjon Zokirov ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, “Qo'qon-1912” jamoasini 2-o'rinni egallagani munosabati bilan diplom bilan taqdirladi.

Farg'onaliklarga esa diplom bilan birgalikda Kubok topshirildi.

Farg'ona hokim kubogi. Final
05.02.2015
“Neftchi-1” – “Qo'qon-1912-1” 4:1 (3:1).
Farg'ona. “Spartak” stadioni.
Hakamlar:
Ravshan Kapadze, Anvar O'rinov, SHoxruh Azamov.
Gollar: Nosir Otaqo'ziev, 8. SHerzod Hakimov, 28, 44. Mansur Saidov, 35. Ro'zimboy Ahmedov, 83
“Neftchi-1”: 1.Evgeniy CHeremesin, 5.Doston Tursunov, 3.SHukurali Po'latov, 30.Zokir Nurmatov, 20.Umid Qodirov, 7.Mansur Saidov, 77.Baxtiyor Yoqubov, 17.Akmal Xolmatov, 10.Otabek Haydarov, 29.SHerzod Hakimov, 4.Oybek Nurboev.
Zaxira: 16.Sergey Smorodin, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 40.Jahongir Dadaboev, 14.Sardor Qulmatov, 15.Doniyor Fozilov, 25.Kamronbey Kapadze, 11.Tavakkal Abdurahmonov.
“Qo'qon-1912-1”: 12.Aziz Ashurov, 5.Hasanboy Ergashev, 18.Igor Golban, 19.Qahramon Muhammadjonov, 27.Bahrom Yuldashev, 22.Orif Mamajonov, 6.Bahodir Akramov, 7.Izzat G'aniev, 8.Sardor Eminov, 10.Damir Nizanov, 23.Nosir Otaqo'ziev.
Zaxira: 16.Andrey Baklanov, 21.SHoxruh Xolmatov, 9.Abdulatif Abduqodirov, 17.Aziz To'xtaboev, 14.Nodirbek Qo'ziboev, 15.Maruf Zokirjonov, 26.Aleksandr Lepasovich.
Ogohlantirishlar: Mansur Saidov, 43. SHukurali Po'latov, 47. Otabek Haydarov, 58.
CHetlatish: Bahodir Akramov, 90+2.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика