So’nggi yangiliklar

11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  10 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  10 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubini chempionlik kubogi bilan taqdirlash marosimi o'tkazildi Yangiliklar

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubini chempionlik kubogi bilan taqdirlash marosimi o'tkazildi

Teglar :  Sergey LebedevFardu
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan ortda qolgan mavsum davomida Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi futbol bo'yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga musobaqalarida chempionlikni qo'lga kiritdi. SHu munosabat bilan bugun Farg'ona davlat universitetida chempion jamoani taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida Farg'ona davlat universiteti rektori va klub prezidenti Bahodirjon SHermuhammadov, universitet prorektori Zokirjon Rahimov, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Joriy mavsumda o'z oldiga Ikkinchi liga g'olibligini qo'lga kiritgan universitet jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. 

Marosim davomida so'zga chiqqan mutassaddi rahbarlar "FarDU" futbol klubiga Birinchi ligaga o'tish o'yinlari davomida ham omad va g'alabali onlar yor bo'lishlariga tilak bildirdilar.

Jamoa azolari: Alisher Paxritdinov, Asilbek G'oyibjonov, Ibodjon Abelfazov, Farruxjon Rajabov, Nozimjon Bobojonov, Azizbek Ilhomjonov, Samandarbek Asqarov, Hamidullo Abduhamidov, Muhammadkarim Fazliddinov, Komronbek Erkinov, Abduvosid Abdunabiev, Dostonbek Rashidov, Riza Ayvazov, Elyor Mamasoliev, Otabek Zokirov, Suhrobjon Anorboev, Suhrobjon Vahobjonov, Quvonchbek Olimov, Muhammadbilol Esonqulov, Qudratillo Qahhorov, Abdusattor Azimov, Abrorjon Inomov, Samandarbek To'xtasinov, SHohjahon Bahodirov, Muhammadqodir Ahmadjonov, Abrorjon Abdurasulov, Mansurjon Saidov, Islomjon Odiljonov, Muhsinbek Mahammadjonov, SHohruxbek Jalolov, Rasuljon Abdumo'minov.

Klub prezidenti: Bahodirjon SHermuhammadov.

Jamoa boshlig'i: Zarifjon Mamatqulov.

Bosh murabbiy: Sergey Lebedev.

Jamoa menejeri: Jasurbek Xamroqulov.

Murabbiy: Ulug'bek Ismoiljonov.

Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика