So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Салоҳсиз "Ливерпуль" меҳмонда "Интер"ни мағлубиятга учратди  17 03:05ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди  44 03:00ЕЧЛ. "Челси" Бергамода камбэк қурбони бўлди, "Тоттенхэм" ва "Атлетико"да ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:38Слотнинг ўрнини эгаллаши мумкин бўлган икки мураббийнинг номи маълум бўлди  2 00:45Гвардиола Алонсо ҳақида: "Реал" ва "Барса"га мураббийлик қилиш – энг қийини. Хаби бу вазиятдан чиқиб кетишга қодир"  2 00:45ЕЧЛ. "Бавария" ўз уйида "Спортинг"ни мағлубиятга учратди  2 23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  3 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  10 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  12 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  2 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi mavsumoldi taqdimot marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi mavsumoldi taqdimot marosimini o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Yana bir necha kunlardan so'ng Farg'onada futbol bo'yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga bahslariga start beriladi. SHu munosabat bilan bugun mazkur chempionat ishtirokchisi - Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

Taqdimot marosimida Farg'ona davlat universiteti rektori Rahmatillo SHukurov, universitet prorektori Akmaljon O'rinov, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi vakili Farrux Zokirov, Farg'ona futboli namoyondalari Anvar Berdiev, Bahodir SHamsiddinov va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Joriy mavsumda o'z oldiga Ikkinchi liga g'olibligini maqsad qilib qo'ygan universitet jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqan mutassaddi rahbarlar "FarDU" futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, yakunda jamoaning viloyat birinchiligida g'olib bo'lgan xolda Birinchi liga musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.

Jamoa tarkibi: 1. Islombek Saydullaev, 12. Ulug'bek Abdumalikov, 14. Maqsadjon Rustamjonov, 4. Nozimjon Bobojonov, 5. Davronbek Qoraboev, 3. Muhsin Mahammadjonov, 7. Afolabi Oluvatosin, 8. Azizbek Fozilov, 9. Ulug'bek Ismoiljonov, 11. Muhammadqodir Ahmadjonov, 17.Abbos Salimjonov, 22. Mo'ydin Mamazulunov.

Jamoa bosh murabbiyi: Jasurbek Xamroqulov.


Bekzod Tolibov, Farg'onadan Championat.asia uchun maxsus


 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика