So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Faqat bitta yo'l qoldi Yangiliklar

Faqat bitta yo'l qoldi

JCH-2022 saralash Osiyo qitasi ikkinchi bosqichning hal qiluvchi bellashuvlari start olib ulgurdi.

O'zbekiston terma jamoasi joy olgan "D" guruhi doirasida kecha Falastin va Singapur terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Unda falastinliklar 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Palestine

Tamer Seyam - 19', Oday Dabbagh - 23', Tamer Seyam - 30', Yasser Hamed - 85'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 7-tur

04/06/2021, 00:00

0
:
4
Tugadi

Singapore

Stadion: 294 tomoshabin

45'
90'
19'  Tamer Seyam
23'  Oday Dabbagh
26'  Musab Al Battat
30'  Tamer Seyam
48'  Mahmoud Abuwarda
67'  Layth Kharoub (Khaled Salem)
73'  Tamer Seyam (Mohammed Darwish)
80'  Mohammed Rashid (Mohamad Darwish)
80'  Mahmoud Abuwarda (Badr Moussa)
80'  Mohammed Yamin (Oday Kharoub)
85'  Yasser Hamed
18'  Madhu Mohana
46'  Irfan Fandi (Faris Ramli)
46'  Gabriel Quak Jun Yi (Baihakki Khaizan)
65'  Hafiz Nor (Saifullah Akbar)
77'  Nazrul Ahmad Nazari (Zulqarnaen Suzliman)
88'  Shakir Hamzah (Hafiz Abu Sujad)

Vakillarimiz Ar Riyoddagi yurishlarini 7 iyun kuni Singapurga qarshi bahs bilan boshlashadi. SHu sabab bo'lajak raqibning o'yinini kuzatdik. Biz uchun Falastinning guruhda so'nggi pog'onani egallashi muhim edi, buni ko'p bor aytib keldik. Sababi, agar falastinliklar oxirgi bo'lishsa va biz birinchi emas, ikkinchi bo'lib qolsak, u holda bizdan 3 ochko olib tashlanardi. Yani, KXDR saralashdan chetlatilgani bois ikkinchi o'rinni olgan jamoalarning guruhda oxirgi bo'lgan raqiblari bilan uchrashuvlardagi ochkolari olib tashlangani holda hisob-kitob qilinadi. Agar Abramov shogirdlari birinchi bo'la olishsa, unda bu qoidaning bizga bir tomchi ham aloqasi qolmaydi. Lekin, barcha ikkinchi o'rinlar uchun bu amalda bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda O'zbekistonning barcha bellashuvlarda g'alaba qozonishini kutganimiz kabi Falastinning hamma o'yinini boy berishiga umid qilishimiz kerak edi. Kecha esa ikkinchi holat deyarli "uxladi". Nazariy jihatdan Falastin hamon oxirgi bo'lishi mumkin. Lekin, vaziyatga real baho bersak bu endi qiyin.


Falastin kecha Singapurga hech qanday imkon qoldirmadi. Birinchi bo'limda uch kun keyingi raqiblarimiz birorta hujum ham uyushtira olishmadi. O'yin tomonlama Singapur juda ham "qashshoq". Bu jamoani ortiqcha qiyinchiliksiz yirik hisobda yutishimiz kerak. Himoyachilarining kechagi harakatlarini ko'rib hayron qoldim. Falastin esa aksincha, menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Ular o'zgacha ishtiyoq bilan o'ynashdi, bizga ham oldindagi bellashuvlarda mana shunday ishtiyoq juda va juda zarur. Falastin esa kechagi holatida 15 iyun kuni Yamanni ham mag'lub eta oladi. Ko'rinib turibdiki, endi biz Falastinning oxirgi bo'lishidan umid qilmasligimiz kerak. Ular guruhda beshinchi bo'lishmaydi va biz ikkinchi bo'lib qolgan taqdirimizda bizdan 6 ochko olib tashlanishi mumin, agar Saudiyagacha Singapur va Yamanni mag'lub etsak.


O'zbekiston terma jamoasi oldida esa faqat bitta yo'l qolyapti - Saudiya Arabistonini mag'lub etish. CHunki, ikkinchi o'rin biz uchun tavakkal degani. Hozir tavakkal qila oladigan holatda emasmiz.

Kechagi o'yindan keyin guruhimizdagi holat.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика