So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  44 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Haqiqiy "qizil iblis" - Maykl Kerrik faoliyatiga nazar Yangiliklar

Haqiqiy "qizil iblis" - Maykl Kerrik faoliyatiga nazar

Kuni kecha APL so'ngi 38-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda “Manchest er Yunayted” jamoasi “Uotford”ga qarshi bahs olib bordi va kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. “Manchester Yunayted” jamoasi safida 12 yildan buyon faoliyat olib borgan Maykl Kerrik shu kuni futbolchilik faoliyatini yakunladi. 


Maykl Edrien Kerrik 1981 yili 28 iyul kuni Angliyaning Uolsend, Tayn-end-Uir shahrida tavallud topgan. Uning ota-onasining ismi Linn va Vinsa. Kerrik 5 yoshida, yani 1986 yili “Uolsend Boyz” jamoasida futbol bilan shug'ullanishni boshlagan. Kerrik 12 yoshga to'lganida “Uolsend Skulz” jamoasiga keyin esa “Nort Taynsayd Skulz” klubiga ko'chib o'tgan. Maykl “Uolsend Boyz” jamoasida shug'ullanib yurgan paytda Angliya yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan. Maktabda o'qib yurgan paytda “Vest Xem” jamoasiga o'tishdan avval Kerrik hujum chizig'ida harakat qilgan. “Vest Xem”ga o'tganidan so'ng, yarim himoya chizig'ida o'ynay boshlagan. 


«Vest Xem Yunayted»

Maykl g'arbiy Uolsendagi o'rta maktabda taxsil olgan. SHundan so'ng, Kerrik o'rta malumotli guvohnomasini olgan. 1997 yili ko'plab jamoalar qobiliyatli futbolchi bilan shartnoma imzolashni istagan. Bu borada “Vest Xem Yunayted” skautlari Muni va Bill Gibbs eng omadli bo'lishgan.  Ular Kerrikni “Uolsend Boyz” jamoasida shug'ullanib yurgan paytdan kuzatib yurishgan. Iqtidorli futbolchiga sharqiy-g'arbiy klublar katta etibor qaratmagan. Xarri Rednappning fikricha, buning sababi Kerrik juda baland va noqulay bo'lgan, shuningdek tizzasida doim og'riqni his qilgan. Kerrik professional faoliyatini 1998 yili taniqli bo'lgan “Vest Xem Yunayted” jamoasining akademiyasida boshlagan. Yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Angliya kubogi finalida Kerrik jamoadoshlari bilan birga “Koventri Siti” jamoasini yirik 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan o'yinda u ajoyib o'yin ko'rsatgan. Kiritilgan gollardan ikkitasiga Maykl mualliflik qilgan. 

Kerrik “Vest Xem Yunayted”ning asosiy tarkibida 1999 yili “Bredford Siti” jamoasiga qarshi uchrashuvda o'zining debyut o'yinini o'tkazgan. O'shanda Maykl Kerriy Rio Ferdinandning o'rniga maydonga tushgan. Ushbu bahsda “Bolg'achilar” yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Kerrik mavsumning ikki oyini ijara asosida o'tkazgan. Bir oy “Suindon Taun” jamoasida o'ynagan bo'lsa, yana bir oy “Birmingem Siti” sharafini ijara asosida himoya qilgan. SHundan so'ng, Kerrik “Vest Xem” jamoasida bir qancha o'yinlar o'tkazgan. 2000 yili 22 aprel kuni Maykl o'zining birinchi golini “Koventri” jamoasiga urgan. 2000/01 yili futbolchi “Vest Xem” tarkibida to'liq o'yin ko'rsatib o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsatgan. SHu yili professional futbol associaciyasi talqiniga ko'ra Kerrik yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasiga nomzodlik qilgan. 

Ammo, ushbu sovrinni “Liverpul” jamoasida faoliyat olib borgan Stiven Jerrard ilib ketgan. 2002/03 yilgi mavsumning katta qismini Kerrik jarohati sababli o'tkazib yuborgan. “Bolg'achilar” premer ligani tark etishgan. SHundan so'ng, Kerrik jamoada qolishni istadi va 2003/04 yilgi mavsumni chempionshipda o'tkazdi. “Vest Xem” mavsumni pley-off zonasida yakunladi. Ammo, “Kristal Pelas” bilan bo'lgan o'yinda 0:1 hisobida raqiblariga mag'lub bo'lib premer liga yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. Mavsum yakunlanganidan so'ng bir qator klublar “Portsmunt”, “Arsenal” va “Tottenxem” jamoalari Kerikka qiziqib qolishdi. Xabar qilinishicha, yarim himoyachini qo'lga kiritish poygasida “Arsenal” karvonboshilik qilgan. SHundan so'ng, Patrik Viera “Arsenal”da qolishni istagan va “kanonirlar” Kerikkni o'z tarkibiga qo'shib olishdan bosh tortgan. 


“Tottenxem”

2004 yili 24 avgust kuni Kerrik Londonning “Tottenxem” klubiga 3,5 million funt sterling evaziga ko'chib o'tgan. Jarohati sababli Kerrik 18 oktyabr kuni “shporlar” tarkibida debyut o'yinini “Portsmunt” jamoasiga qarshi o'yinda o'tkazgan. O'shanda “Tottenxem” raqiblariga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. SHu yilning 9 noyabr kuni Kerrik yangi bosh murabbiy Martin yol qo'l ostida asosiy tarkibda ilk o'yinini o'tkazgan. Angliya ligasi kubogida “Tottenxem” “Bernli” ustidan yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Maykl kiritilgan gollarning biriga assistentlik qilgan. 

Kerrik Martin Yolning jamoasida etakchi futbolchilardan biri bo'lgan. Premer liganing 2005/06 yilgi mavsumida Maykl Kerrik bor yo'g'i 3ta o'yinni o'tkazib yuborgan. 2005 yili 3 dekabr kuni Kerrik “Sanderlend”ga qarshi uchrashuvda “shporlar” tarkibida o'ziding dastlabki golini kiritgan. Kiritilgan ushbu gol Maykl Kerrik jamoasiga g'alaba keltirgan 3:2. Ushbu mavsumda Kerrik “Tottenxem” futbolchilari orasida eng ko'p assistentlik qilgan. SHu yili “shporlar” premer ligada 5-o'rinni egallab eng yaxshi natija qayd etgan. So'ngi turga qadar “shporlar” to'rtinchi o'ringa ko'tarilishgan. ECHL yo'llanmasini taqdim etuvchi o'yinda “shporlar” “Arsenal”ga mag'lubiyatga uchragan. Ushbu o'yindan oldin “Tottenxem”ning 10 nafar futbolchisi, shu jumladan, Kerrik ham ovqatdan zaharlangandi. 


“Manchester Yunayted”

2006 yili 31 iyul kuni Kerrik “Manchester Yunayted”ga ko'chib o'tgan. Avval “shporlar” MYUning 10 million funtlik taklifni rad etishgandi. Ammo, 14 million funt bilan birga tashkil etadigan bonuslarga rozilik bildirgan. Agarda ushbu bonuslarning barchasi amalga oshsa “Tottenxem” 18,6 million funt ishlab olishi mumkin bo'lgan. Kerrik ushbu transferdan so'ng, o'sha paytdagi qimmat xaridlar ro'yxatining kuchli beshligidan joy olgan. “Qizil iblislar”ning bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson Kerrikni jamoaning sobiq sardori Roy Kinning o'rnida ko'rgan va Maykl Kerrikka “Manchester Yunayted”ning 16 raqamli libosi taqdim etilgan. Ushbu raqam avval Roy Kinga tegishli bo'lgan. 

Kerrik “Manchester Yunayted” safida 2006 yili 23 avgust kuni “CHarlton”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan. Ushbu bahsda “qizil iblislar” raqiblarini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. 26 avgust kuni “Uotford”ga qarshi Kerrik asosiy tarkibda birinchi marotaba maydonga tushgan. Bu o'yinda “Manchester Yunayted” 2:1 hisobida g'alaba qozongan. 2006/07 yilgi mavsumda Kerrik deyarli barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Dekabr oyining so'ngida Kerrik kichik jarohat olgan va malum bir vaqtga safdan chiqgan. 

Uning o'rniga Fergyuson Jon Oshi yoki Darren Fletcherni maydonga tushirgan. Kerrik “Manchester Yunayted” tarkibidagi ilk golini 2007 yili 13 yanvar kuni “Old Trafford”da bo'lib o'tgan uchrashuvda “Aston Villa” darvozasiga urgan. Ushbu bahsda maydon egalari raqiblarini 3:1 hisobida mag'lub etishgan. 2007 yili 19 aprel kuni “Roma”ga qarshi ECHL chorak finali javob o'yinida Kerrik uzoq masofadan ikki marotaba raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilgan. “Qizil iblislar” 7:1 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga yo'l olgan. Ammo, yarim finalda “mankunianliklar” Italiyaning boshqa bir klubi “Milan” ga imkoniyatni boy bergan va MYU ECHLdagi o'z yurishini shu erda to'xtatgan. Premer ligada MYU omadli ishtirok etgan va Angliya chempioni degan nomga sazovor bo'lgan. 

Ushbu g'alaba Kerrikning faoliyatidagi dastlabkisi bo'lgan. Mavsumning so'ngi uchrashuvida “qizil iblislar” Angliya kubogi finalida Londonning “CHelsi” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan va “oltin dubl”ni qayd eta olmagan. “Manchester Yunayted” 2007/08 yilgi mavsumda Ouen Xargriv bilan shartnoma imzolaganidan so'ng, Kerrik asosiy tarkibda maydonga tusha olmasligini tan olgan. 2007 yilning oktyabr oyida ECHL bahsida “Roma”ga qarshi uchrashuvda Maykl tirsagini sindirib olgan. 3 noyabr kuni Kerrik “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda Andersonning o'rniga maydonga tushgan. Maykl Kerrik sobiq jamoasi “Vest Xem” darvozasiga 3 may kuni bo'lib o'tgan o'yinda gol urgan va ushbu bahsda “qizil iblislar” raqiblarini yirik 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. 



2009-2013

2009 yili 30 sentyabr kuni “Old Trafford”da bo'lib o'tgan ECHL musobaqasi guruh bosqichida “Volfsburg”ga qarshi o'yinda g'alaba to'pini kiritgan. 2009/10 yilgi mavsumning o'rtalarida Rio Ferdinand, Nemanya Vidich, Uesli Braun va Jonni Evanslarning jarohat olgani sababli bir nechta o'yinlarda markaziy himoyada harakat qilgan. Kerrik avval ushbu poziciyada hech qachon o'ynamagandi. Jamoa bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson futbolchini yangi poziciyadagi o'yinidan so'ng alo darajada baholagan. 


Maykl 2010 yili 28 fevral kuni Angliya liga kubogi finalida “Aston Villa”ga qarshi “qizil iblislar” raqiblarini 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Ushbu bahsda Kerrik asosiy tarkibda maydonga tushgan. Maykl Kerrik ushbu mubosaqada birinchi bor oltin medalni qo'lga kiritgan. CHempionat bahslarida esa “Manchester Yunayted”  “CHelsi”dan 1 ochkoga ortda qolib ikkinchi o'rinni egallagan. 


2011 yilning mart oyida Kerrik “qizil iblislar” bilan 2013/14 yilgi mavsumning so'ngiga qadar shartnomasini uzaytirgan. Oradan ikki yarim oy o'tgandan so'ng, “qizil iblislar” 19 marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan va Angliya futboli tarixida rekord natijani qayd etgan. Bundan tashqari “Manchester Yunayted” ECHL musobaqasining finaliga qadar etib borgan. Finalda MYU Kataloniyaning “Barselona” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan. 


2013

2013 yilning may oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson istefoga chiqgan va uning o'rniga jamoani shotlandiyalik Devid Moyes boshqargan. “Mankunianliklar” 2013/14 yilgi mavsumni Angliya superkubogida boshlagan. Ushbu bahsda Kerrik to'liq 90 daqiqa o'yin o'tkazgan. Ushbu bahsda “mankunianliklar” Robin van Persining dubli evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan. 22 noyabr kuni Maykl Kerrik jamoa bilan 2015 yilga qadar yangi shartnomaga imzo chekkan. SHartnoma bandiga ko'ra, yil yakunida futbolchi yana bir yilga shartnomasini uzaytirishi belgilangan. 

Mavsum Kerrik uchun qiyin va omadsiz o'tdi. Futbolchi 2013 yili jarohati sababli 6 oyni o'tkazib yubordi. “Qizil iblislar” yangi murabbiy qo'l ostida premer liganing ushbu mavsumini 7-o'rinda yakunlashdi va so'ngi yillarda birinchi marotaba MYU evrokuboklarda ishtirok etmagan. Keyingi yili “mankunianliklar” Moyesni o'rniga Lui van Galni bosh murabbiylik postiga taklif qilgan. 

2014 yilning yoz oyida Kerrik to'pig'idan jarohat olgan va 3 oyga safdan chiqqan. 2 noyabr kuni premer liganing Manchester derbisida Kerrik maydonga tushgan. Maykl Kerriy safga qaytganidan so'ng,” Manchester Yunayted” ketma-ket 6 marotaba g'alaba qozongan. Ular orasida “Liverpul”ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Dekabr oyida Lui van Gal Kerrikni jamoaning vice kapitan etib tayinladi. 

2015 yili 15 mart kuni “Old Trafford”da “Manchester Yunayted” futbolchisi Maykl Kerrik sobiq jamoasi “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan va “qizil iblislar” raqiblarini yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishiga o'z hissasini qo'shgan. 20 mart kuni Kerrik jamoa bilan keyingi yil mavsumining so'ngiga qadar shartnomasini uzaytirgan. “Qizil iblislar” avvalgi mavsumga qaraganda bu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatgan. 

2016 yilgi mavsumning ilk bahsida “Manchester Yunayted” o'z uyida “Suonsi” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Ushbu bahs Kerrik uchun “qizil iblislar” tarkibidagi 400-o'yin bo'lgan. Jarohati sababli Kerrik bir nechta haftani o'tkazib yuborgan. 29 yanvar kuni kubok bahsida “Derbi Kaunti”ga qarshi uchrashuvda Maykl Kerrik safga qaytgan. Kerrik jarohat sababli bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan, ular orasida “Liverpul”ga qarshi o'yin ham bo'lgan. 

“Manchester Yunayted” Angliya superkubogida 2016/17 yilning debyutanti “Lester”ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozongan. 2016 yili 21 sentyabr kuni liga kubogi bahsida “Nortengempton Taun” jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilgan. “Manchester Yunayted” ushbu turnirda finalga qadar etib borgan. Turnirning final bahsi Londondagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tgan. Finalda “qizil iblislar” “Sautgempton” jamoasiga qarshi uchrashuvning tanaffus paytida Maykl Kerrik zaxiradan maydonga tushgan va raqib jamoa ustidan qozonilgan (3:2) g'alabaga o'z hissasini qo'shgan. 

Mavsum yakunlanganidan so'ng, Kerrik 2018 yilga qadar navbatdagi shartnomasini imzolagan. 2017 yil 11 iyul kuni Ueyn Runi “Everton”ga ko'chib o'tganidan so'ng, “Manchester Yunayted” jamoa sardori Maykl Kerrik deb elon qilingan. 


Maykl Kerrik 2018 yili 13 may kuni “Uotford”ga qarshi faoliyatidagi so'ngi uchrashuvini jamoa sardori sifatida o'tkazdi. Ushbu bahsda “qizil iblislar” raqiblarini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Bahsning 85-daqiqasida Maykl Kerrik o'rniga Pol Pogba zaxiradan maydonga tushgan.

 


Vikipediya asosida Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика