"Fanat Superliga". "Mashal" – "Nasaf" 3:1
29 mar 2020 16:15
Yangiliklar
"Fanat Superliga". "Mashal" – "Nasaf" 3:1
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.
Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.
Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.
Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.
"Fanat Superliga". "Mashal" – "Nasaf"
"O'yin" soat 16:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi.
1-savol: Futbol qiroli Pele Jahon chempionatlarida nechta gol urgan? Javob: 12ta (SHukurov Ikromjon "Mashal" muxlisi birinchi bo'ldi)
2-savol: Evropa chempionlar ligasi finalida eng ko'p 7 marta mag'lub bo'lgan klub qaysi? Javob: "Yuventus". (Temurbek Valiev "Mashal" muxlisi birinchi bo'ldi)
3-savol: 2017 yil Oliy ligada kim nechta gol bilan to'purar bo'lgan? Javob: Marat Bikmaev 27ta gol (MMMReal "Mashal" muxlisi birinchi bo'ldi)
4-savol: 2011 yil Oliy ligada eng so'nggi o'rinni olgan jamoa qaysi? Javob: "So'g'diyona" (dinamo_real "Nasaf" muxlisi birinchi bo'ldi)
O'yin tugadi: "Mashal" – "Nasaf" 3:1
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar