So’nggi yangiliklar

21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11 20:57Беларусдаги футбол ўйини 50:0 ҳисобида якунланди  0 20:35Суперлига. "Сўғдиёна" пешқадам "Андижон"ни "Бобур Арена"да мағлубиятга учратди  66 20:32"Манчестер Сити" — "Вулверхэмптон". Де Брюйне, Фоден, Бернарду ва Холанд асосий таркибда!  3 20:30АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 20:26"Жирона" — "Барселона". Довбик, Левандовски ва Ямал асосий таркибда  7 20:18"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистони чемпионатига ўтиш вариантини кўриб чиқмоқда  2 20:01Артета "Арсенал" - "Борнмут" ўйинидан сўнг нималар деди?  0 19:42Тухелнинг "Бавария"даги тақдири ҳал бўлди  2 19:08Саудия Арабистонининг иккинчи даражали лигасидаги жамоа Моуриньюга қизиқиш билдирмоқда  3 18:36Бу жамоа 22 йил ўтиб АПЛга қайтди  5 18:29АПЛ. "Арсенал" ВАР қарорлари туфайли ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  17 17:06Рюдигер Роналдуни "Реал"нинг энг буюк футболчиси деб атади. Криштиану тезда "коммент" ёзди  14 16:45Мартино Ди Мариянинг "Интер Майами"га ўтиши ҳақидаги миш-мишларга фикр билдирди  0 15:53Финалдаги ҳиссиётлар. Япония - Ўзбекистон ўйинидаги суратлар жамланмаси  7

"Fanat liga". "Real" o'z uyida yutqazdi, "Borussiya"dan yirik g'alaba, "Leypcig" va "Atletiko" zafar quchishdi Yangiliklar

"Fanat liga". "Real" o'z uyida yutqazdi, "Borussiya"dan yirik g'alaba, "Leypcig" va "Atletiko" zafar quchishdi

Teglar :  fanat liga
Evropa futboli ishqibozlarini ushbu sahifaga taklif etamiz.

"Fanat liga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar. SHartlar: Toshkent vaqti bilan 21:30da jadvaldagi ilk to'qnashuv mavzusida dastlabki savol beriladi. Keyingi savollar 5 daqiqa oralig'ida berib boriladi. Savollarning umumiy soni 4ta.

Agar mezbon jamoa muxlisi sifatida javob bermoqchi bo'lsangiz, javobdan oldin yoki keyin 1 raqamini qo'ying, agar mehmon klub ishqibozlari safida bo'lsangiz javobga 2 raqamini qo'shib qo'ying. Jamoa raqami qo'yilmagan javoblar hisobga olinmaydi.

Bugun quyidagi to'qnashuvlar bo'lib o'tadi:

"Borussiya Dortmund" - PSJ

"Atletiko Madrid" - "Liverpul" 

"Tottenem" - "Leypcig"

"Real Madrid" - "Manchester Siti"


Birinchi bahs yakuniga etgach, avtomatik ravishda keyingi to'qnashuvga o'tamiz.
Qo'shimcha malumot: Agar ikki jamoa vakili bir daqiqa ichida (01:00-01:59) to'g'ri javob berishsa, har bir jamoaga 1 balldan beriladi.


YAKUNLANDI



"Real Madrid" - "Manchester Siti" 3:4


4. "Qirollik klubi"ning tarixdagi eng yirik g'alabasi "Barselona" bilan o'yinda qayd etilgani muxlislarga yaxshi malum. Hisobni toping.
Javob: 11:1
To'g'ri javob mualliflari: Temurbek Valiev, Jamshid Jalilov 


3. "Real Madrid" futbolkasida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchi Raul Gonsales. U "Qirollik klubi" safida nechta o'yinda maydonga tushgan?
Javob: 741ta
To'g'ri javob mualliflari: Zuxriddin SHadixodjaev, Xurshid Bakhtiyaroff.


2. "Real Madrid"ning eng uzun mag'lubiyatsiz seriyasi nechta o'yin davom etgan?
Javob: 40ta
To'g'ri javob mualliflari: Temurbek Valiev, Shoxrux0787


1. Musobaqa yangi nom UEFA CHempionlar ligasi deb o'tkazila boshlangandan so'ng, nechanchi yil ilk bor finalda bir mamlakatning ikki jamoasi to'qnash kelgan va unda "Real"ga kim raqiblik qilgan?
Javob: 2000 yil, "Valensiya"
To'g'ri javob muallifi: Dimkaaaa 



"Tottenem" - "Leypcig" 2:3


4. 2019 yil "Tottenxem" APLda ketma-ket durangsiz o'yinlar seriyasi bo'yicha "Bolton"ning rekordini yangiladi. "SHporlar" qatorasiga nechta o'yinda durang qayd etishmagandi? 
Javob: 29ta ("Bolton"da 28ta o'yin bo'lgan)
To'g'ri javob mualliflari: Xames, Dimkaaaa 


3. "Tottenxem" o'zining birinchi rasmiy uchrashuvini 1887 yil o'tkazgan. Raqib jamoa nomini toping
Javob: Hozirgi "Arsenal" o'sha vaqtlarda "Dayal Skuer"
To'g'ri javob muallifi: Temurbek Valiev 


2. "Tottenxem Xotspur"ni Uilyam SHekspir bilan bevosita bog'lab turuvchi faktni toping.
Javob: Klub o'z nomini SHekspirning "Qirol Genrix IV" romani qaxramoni ismi(laqabi)dan olgan – Garri Xotspur.
To'g'ri javob muallifi: MMMReal 


1. "Tottenxem" klubiga kim va nechanchi yil asos solgandi?
Javob: 1882 yil 5 sentyabr, maktab o'quvchilari.
To'g'ri javob muallifi: Temurbek Valiev 



"Atletiko" - "Liverpul" 4:1


4. "Atletiko Madrid"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari kim?
Javob: Luis Aragones, 173ta gol.
To'g'ri javob muallifi: MMMReal 


3. "Atletiko Madrid"ni boshqargan oxirgi italiyalik murabbiy...
Javob: Klaudio Raneri 1999-2000
To'g'ri javob mualliflari: Zuxriddin SHadixodjaev, Jamshid Jalilov 


2. "Atletiko Madrid" Kubok egalari kubogi/ECHL finallarida necha bor ishtirok etgan (qaysi yillarda)?
Javob: 1973/74, 2013/14, 2015/16
To'g'ri javob muallifi: Monoblok


1. ECHL tarixida faqat ikki marta finalda hamshaharlar to'qnash kelishgan. Qizig'i, har ikki safar ham jamoalar nomi o'zgarmagan. Ushbu bellashuvlar qaysi mavsumlarda bo'lgan va maydonga tushgan jamoalar nomini ayting.
Javob: "Atletiko" - "Real", 2013-14, 2015-16.
To'g'ri javob muallifi: MMMReal 



"Borussiya" D - PSJ 4:0


4.Klub tarixidagi eng kuchli to'purarlar ro'yxatini mahalliy futbolchilar boshqarib kelishmoqda. "Borussiya"ning germaniyalik bo'lmagan eng yaxshi to'purari kim?
Javob: Klubning germaniyalik bo'lmagan eng yaxshi to'purari 2013-2018 yillar oralig'ida jamoa sharafini himoya qilgan Per Emerik Obameyang - 141 ta gol. Malumot uchun, Robert Levandovski "arilar" safida 103 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
To'g'ri javob muallifi: Xames 


3."Borussiya"ni deyarli doim tajribali murabbiylar boshqargan. Jamoa bilan muvaffaqiyatlarga erishgan va eng muhimi, ECHLda zafar quchgan murabbiy kimligini ayting.
Javob: Ottmar Xitcfeld 1997 yil
To'g'ri javob muallifi: Xames 


2. "Borussiya"ning uy stadioni "Signal Iduna Park" Germaniyadagi eng mashhur va eng katta arenalardan biri hisoblanadi. Stadion 1974 yil Jahon CHempionati o'yinlari uchun qurilgan va dastlab nomi boshqacha bo'lgan. Xo'sh, "Signal Iduna Park"ning avvalgi nomi qanday edi?
Javob: Avvalgi nomi "Vestfalenshtadion", 2005 yil "Signal Iduna" sug'urta kompaniyasi bilan imzolangan shartnoma tufayli stadion nomi ham o'zgargan.
To'g'ri javob muallifi: Monoblok 



1. Nemis klubi safida ko'plab mashhur futbolchilar harakat qilgan. Lekin "Borussiya" safida o'ynab turib "Oltin to'p"ga ega chiqqan yagona o'yinchi bor, u kim?
Javob: Matias Zammer 1996 yil.
To'g'ri javob muallifi: Xames 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика