Falkaoda og'ir judolik
04 jan 2019 19:42
Yangiliklar
Falkaoda og'ir judolik
Kolumbiya termasining sobiq futbolchisi Radamel Garsiya King 62 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
"Monako" sardori Radamel Falkaoning otasi tennis o'yini vaqtida o'zini yomon his qilgan va Karib orollarida joylashgan Santa-Martadagi kasalxonada vafot etgan.
Garsiya King 1980 yili Moskvada bo'lgan Olimpiadada ham qatnashgandi.
Fikrlar