Falkao Kopa Amerika va Olimpiadada ishtirok etmoqchi
21 apr 2016 19:10
Yangiliklar


Falkao Kopa Amerika va Olimpiadada ishtirok etmoqchi
CHelsining kolumbiyalik futbolchisi Radamel Falkao terma jamoasi safida Amerika Kubogi va Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmoqchi ekanligini aytdi.
Olimpiada o'yinlarida 23 yoshdan katta bo'lgan 3 nafar futbolchi maydonga tushishi mumkin. SHu sababli, Radamel ushbu uchlikka kirishga umid qilmoqda.
"Avval ham bu haqida aytgandim: Lekin, barcha narsa ham menga bog'liq emas. Terma jamoam bilan JCH-2014ga bora olmagandim. Olimpiada o'zimni ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo'lardi.
Kopa Amerikada g'alaba qozonmoqchimiz. Umuman olganda, mening ishtirokim murabbiyga bog'liq. Ikkala turnirda ham ishtirok etishni istayman", - deydi hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar