So’nggi yangiliklar

09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  0 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3

Falastin sobiq bosh murabbiyi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yuqori baho berdi va jahon chempionatiga chiqishini aytdi Yangiliklar

Falastin sobiq bosh murabbiyi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yuqori baho berdi va jahon chempionatiga chiqishini aytdi

JCH saralash bahslarida biz bilan bir guruhda kurash olib borgan Falastin terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali intervyu berdi.

SHu yilning mart oyida Falastin Saudiya Arabistoniga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergach, Nuriddin Ould Ali istefoga chiqarildi. Aytish mumkinki, u terma jamoani 2018 yilning aprel oyidan beri boshqarib kelayotgandi. Ushbu mutaxassis Arabnews.com saytiga bergan intervyusida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga to'xtalib o'tdi. 

- "Bu juda kuchli jamoa. Menimcha, Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga chiqadi. CHunki ularda yaxshi futbolchilar va yaxshi murabbiy bor. Lekin bundan ham muhimi, jamoa o'yindan o'yinga o'syapti".

Mart oyining oxirgi kunida Ar Riyodda bo'lib o'tgan Saudiya Arabistoni - Falastin 5:0 bahsini yodga olar ekan, ushbu mutaxassis shunday dedi: 

- "Bu uchrashuvni juda yaxshi eslayman. Biz uchun juda qiyin bo'lgandi. Biz eng yaxshi futbolchilarni ayrim sabablarga ko'ra, mazkur bellashuvga taklif eta olmagandik. SHu bois faqat mahalliy o'yinchilar bilan o'ynaganmiz. Lekin bu mag'lubiyatga bahona bo'la olmaydi. Har qanday sharoitda ham Saudiya Arabistoni bizdan kuchli edi".

Jazoirlik murabbiy intervyu davomida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar haqida iliq fikrlar bildirdi: 

- "Franciyalik murabbiyga vaqt kerak edi, shu bois uning birinchi kunlari omadsiz bo'ldi. Keyinchalik u Saudiya Arabistonini yaxshilab o'rgandi, futbolchilar qanday o'yin ko'rsatishini tushuna bordi. Albatta, Erver Renar kuchli mutaxassis, u bejizga Marokash bilan JCH-2018ga chiqmagan. O'tgan vaqt mobaynida Saudiya Arabistoni terma jamoasi uning qo'l ostida ancha kuchaydi va Osiyoda etakchilardan biriga aylandi. O'ylashimcha, uning ishidan federaciya va futbolchilar mamnun". 

- "To'g'risini aytsam, menga Erve Renarning ishini kuzatib borish yoqadi. U Marokashni jahon chempionatiga olib chiqishdan tashqari, 2012 yil Zambiya va 2015 yil Kot-D'Ivuar bilan Afrika Millatlar Kubogida g'olib chiqqan. U Afrikani zabt etgan mutaxassis deb bemalol aytsa bo'ladi, endi bo'lsa Osiyoda ham o'zini ko'rsatmoqchi. Uning qo'l ostida Salim Al Dovsari, Abdulloh Otayf, Salman Al Faraj kabi futbolchilar o'ynar ekan, bemalol jahon chempionatiga borishni uddalasa bo'ladi", - deydi Falastin sobiq bosh murabbiyi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика