So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  27 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

JCH-2022 saralashini sharmandali mag'lubiyat bilan boshladik: Falastin - O'zbekiston 2:0 Yangiliklar

JCH-2022 saralashini sharmandali mag'lubiyat bilan boshladik: Falastin - O'zbekiston 2:0

JCH-2022 saralashi doirasidagi Falastin - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. O'yin tugadi! Falastin O'zbekiston terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. JCH-2022 saralashini mana shunday mag'lubiyat bilan boshladik...

90. ZARBA! Raqib posboni o'z jarima maydonini tark etdi, SHomurodov darvozaga zarba berdi, Hamada to'pni qaytardi.

89. Anzur Ismoilov yana xato qildi va Al Badavi xavfli zarba berdi, noaniq

86. UXXXXXX! Hozir hisob 3:0ga etishi mumkin edi, yaxshiki zarba darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

84. GOL! FALASTIN 2:0! Tamir Seyamning to'p uzatishini hozirgina maydonga tushgan Islom Batran boshi bilan darvozaga yo'lladi!

83. O'zgarish. Falastin. Oday Dabbah o'rniga Islom Batran

83. O'zgarish. O'zbekiston. Jaloliddin Masharipov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi

76. Masharipov burchak to'pini amalga oshirdi, darvozabon to'pni qaytarib yubordi

69. Goldan keyin vakillarimiz tashabbusga ega bo'lishlari kutilgandi, biroq Falastin hujum qilmoqda...

64. O'zgarish. Falastin. Vadi o'rniga CHihadeh tushdi

62. O'zgarishlar. O'zbekiston. Ikrom Aliboev o'rniga Sanjar SHoahmedov, Quvondiq Ro'ziev o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi

61. Falastin o'z tarixida ilk bor O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga gol urdi, bundan oldingi uchta o'yinda Falastin bizga umuman gol ura olmagan edi...

60.GOL! 1:0. FALASTIN GOL URDI! ODAY DABBAH! Anzur Ismoilovning maydon markazidagi xatosidan so'ng mezbonlar tezkor qarshi hujumga o'tishdi va hisobni ochishdi.  VIDEONI KO'RISH

56. ZARBA! Ikrom Aliboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi kuchsiz bo'ldi va darvozabon o'z o'rnida

55. Xavfli vaziyat! Falastinning hujumi, yaxshiyam to'p hujumchiga etib bormadi

50. UXXX! Masharipov to'pni Sayfievga uzatdi, Farruhning uzatgan to'piga hech kim eta olmadi!

47. ZARBAAAA! Quvondiq Ro'ziev ajoyib tarzda to'pni tashladi, Odil Ahmedov yaqin masofadan zarba berdi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi


46. Ikkinchi taym boshlandi 


45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Farruh Sayfiev chap qanotdan oldinga o'tishga urindi va qoida buzdi.


44. ZARBA! Odil Ahmedovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pidan samara keltira olmadik

44. Ochig'ini aytish kerak birinchi taymda vakillarimiz kutilgan o'yinni namoyish eta olishmadi...

39. Falastinliklar juda ham qo'pol o'ynashmoqda. Hozir Quvondiq Ro'zievga nisbatan qo'pol o'ynaldi



35. ZARBA! Falastinliklardan yana bir zarba, ancha noaniq

33. ZARBAAAAAAAAAAAAA! UXXXXXXXXX! Ahmedovning havodan uzatib bergan to'pni Ikrom Aliboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq! Ajoyib vaziyat edi! 


30. Ogohlantirish. O'zbekiston. Egor Krimec

29. ZARBAAAAAAAAAA! Odil Ahmedovning chap oyoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

26. Masharipov qanotdan to'pni havolatib uzatdi, SHomurodovga yo'naltirilgan pasni Bahdari qaytarib yubordi. Burchak to'pi ham himoyachilar tomonidan bartaraf etildi

22. UXXXXXXXX! Yana bir zarba! Tamir Seyamning kuchli zarbasini Suyunov qaytardi, qaytgan to'pni Dabbah yaqin masofadan noaniq yo'lladi

20. ZARBAAAAA! Oday Dabbahning kuchli zarbasini Eldorbek Suyunov bir amallab ushlab oldi, aks holda hisob ochilardi! 


19. Ogohlantirish. Falastin. Tamir Seyam

16. UXX! Hozir falastinlik hujumchi Krimecga nisbatan qo'pollik ishlatib birga bir vaziyatga chiqib ketdi, hakam o'yin qoidasi buzilganini ko'rsatdi

12. ZARBA! Odil Hamrobekovning zarbasi kuchsiz chiqdi va Rami Hamada egallab oldi

9. Xavfli vaziyat! Hozir himoyadagi pala partishlik tufayli falastinliklar darvozamiz tomon zarba berishdi. Tamir Seyamning zarbasi noaniq chiqdi  


5. Mezbonlarning ilk hujumi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Suyunov osongina ushlab oldi, xuddi mashg'ulotlardagidek

3. Endi o'ng qanotdan hujum tashkil etdik. Quvondiq Ro'ziev oldinga borib hujumga to'pni oshirdi, SHomurodov to'pni egallab olishda xatoga yo'l qo'ydi va darvozabon to'pni egallab oldi.

2. Jaloliddin Masharipov chap qanotdan oldinga o'tdi, amo raqib uni chalib yiqitdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

Bugun Odil Ahmedov O'zbekiston terma jamoasi safidagi 100-uchrashuvini o'tkazadi.

18:59. Esdalik uchun suratga tushib olindi.

18:58. Navbat Falastin davlat madhiyasiga.

18:57. Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi! 

18:55. Diqqat ikkala jamoa azolari maydonga tushib kelishmoqda.

18:45. Terma jamoamiz Falastinga 24 futbolchi bilan kelgan, qaydnomaga esa 23 futbolchi kirishi mumkin. SHu bois Ektor Kuper Oston O'runovni qaydnomaga kiritmadi.

18:35. Ikkala jamoa azolari chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda. 



- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. 



Palestine

Oday Dabbagh - 60', Islam Batran - 84'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 1-tur

05/09/2019, 20:00

0
:
2
Tugadi

Uzbekistan

Stadion: 6740 tomoshabin

45'
90'
19'  Tamer Seyam
60'  Oday Dabbagh
64'  Mohammed Darwish
64'  Mahmoud Wadi (Saleh Chihadeh)
83'  Oday Dabbagh (Islam Batran)
84'  Islam Batran
30'  Yegor Krimets
63'  Kuvondik Ruziev (Dostonbek Khamdamov)
63'  Ikrom Alibaev (Sanjar Shaakhmedov)
83'  Jaloliddin Masharipov (Temurkhuja Abdukholiqov)


Falastin - O'zbekiston 2:0
5 sentyabr 2019 yil. Ramalloh, "Faysal Al Hussayni" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar
: Fu Ming (Xitoy), Huo Veiming (Xitoy), Vang Decin (Xitoy), Arafa Muhammad (Iordaniya).
Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).
Komissar: SHahir Ahmed (Maldiv).

Gollar: Oday Dabbah 60, - 1:0. Islom Batran 84, - 2:0.

Falastin: 22.Rami Hamada, 3.Muhammad Rashid, 5.Yosir Hamid, 7.Musab Battat, 9.Tamir Seyam, 11.Oday Dabbah (21.Islom Batran, 83), 14.Abdallah Jobir, 15.Abdallatif Al Bahdari, 19.Mahmud Vadi (18.Solih CHihadeh, 64), 20.Natmi Al Badavi, 23.Muhammad Darvish.
Zaxira: 1.Tavfiq Abuhammad, 2.Ahmad Qatmish, 4.Muhammad Abumayala, 6.SHadi SHabon, 8.Muhammad Yamin, 10.Samih Maraba, 12.Xolid Salim, 13.Mahmud Abuvarda, 16.Naim Abuaker, 17.Musa Bashir.

O'zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 4. Farruh Sayfiev, 5. Anzur Ismoilov, 15. Egor Krimec, 6. Davron Hoshimov, 7. Odil Hamrobekov, 9. Odil Ahmedov, 10. Jaloliddin Masharipov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 83), 8. Ikrom Aliboev (23.Sanjar SHoahmedov, 62), 19. Quvondiq Ro'ziev (17.Dostonbek Hamdamov, 62), 14.Eldor SHomurodov. 

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Botirali Ergashev, 2.Xojiakbar Alijonov, 3.Doston Tursunov, 13.SHarof Muhitdinov, 18.Azizjon G'aniev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Igor Sergeev, 22.Doston Ibragimov,

Ogohlantirishlar: Mahmud Vadi 19, Egor Krimec 30, Muhammad Darvish 64.

Reyting: -368   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика