So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Falastin bosh murabbiyi O'zbekiston haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Falastin bosh murabbiyi O'zbekiston haqida fikr bildirdi

JCH-2022da saralash bosqichidagi ilk raqibimiz Falastin terma jamoasi bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash o'yinlarini 5 sentyabr kuni Falastinga qarshi bahs bilan boshlaydi. Malumki, ushbu yurt terma jamoasi hozirda G'arbiy Osiyo futbol federaciyasi chempionatida ishtirok etyapti. 

Falastinliklar bungacha uchta o'yinda maydonga tushib, avvaliga Yamanni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lishsa, ikkinchi bellashuvda Iroqqa 1:2 hisobida imkloniyatni boy berishdi va kecha Livan bilan 0:0 o'ynashdi. 

Jamoa bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali mazkur musobaqa hamda sentyabrda boshlanadigan JCH saralash bahslari haqida fikr bildirdi. 

- "G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etishdan maqsadimiz bitta: jahon chempionati saralash o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish. O'ylaymanki, bu musobaqa orqali o'z tajribamizni oshirib boryapmiz. Yana bir oydan so'ng JCH-2022 saralash bosqichi boshlanadi va bor kuchimiz mana shunda oydinlashadi". 

- "JCH saralashdagi ilk uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Bu juda yaxshi shakllangan jamoa. Biz G'arbiy Osiyo chempionatida Iroqqa mag'lub bo'ldik va Livan bilan durang o'ynadik, shunga qaramay ishlashda davom etyapmiz. Ham himoyada, ham hujumda ko'p ishlashimiz kerak. Hozirda jamoa uchun eng muhimi ko'plab muxlislar qarshisida to'p tepganda o'zini yo'qotib qo'ymaslik. CHunki saralash bahslari boshlansa har xil stadionda o'ynaymiz". 

- "Biz endi ishning boshida turibmiz. Terma jamoa o'tgan oy yig'ilib bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik ko'ra boshladi. G'arbiy Osiyo chempionatida hozircha mahalliy futbolchilar yordamidan foydalanyapmiz. Lekin jahon chempionati saralash o'yinlarida legionerlarni ham chaqiramiz", - deydi Falastin terma jamoasi bosh murabbiyi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика