FAKT! "Olmaliq" birinchi davrada o'z uyida umuman gol o'tkazmadi
26 iyu 2017 03:15
Yangiliklar


FAKT! "Olmaliq" birinchi davrada o'z uyida umuman gol o'tkazmadi
O'zbekiston oliy ligasining dastlabki davrasi yakuniga etdi.
"Olmaliq" klubi birinchi davraning so'nggi turini o'z uyida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazib 0:0 hisobida durang o'ynadi. SHu tariqa, Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoa mavsumning birinchi qismida o'z maydonida umuman gol o'tkazib yubormadi! "Olmaliq" o'z maydonida 7ta o'yin o'tkazib 4ta g'alaba va 3ta durangga erishdi. 6ta gol urib o'z darvozasidan bironta to'p olib chiqmadi.
Birinchi davrada "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari o'zlari mezbon bo'lgan uchrashuvlarning barchasida g'olib chiqishdi.
O'z uyida eng kam ochkoni Farg'onaning "Neftchi" klubi qo'lga kiritdi - 5.
Birinchi davra (Uy o'yinlari jadvali)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar