Fakt: "Al Hilol"ning 1 futbolchisi AGMKning butun tarkibidan qimmatroq
15 apr 2021 12:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631236_original.jpg)
![](/upload/storage/631236_220.jpg)
Fakt: "Al Hilol"ning 1 futbolchisi AGMKning butun tarkibidan qimmatroq
Olmaliqning AGMK klubi bugun OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.
Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshalanadigan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlariga Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi raqiblik qiladi.
Al Hilal Sardor Rakhmanov - 27', Luciano Dario Vietto - 36' |
AFC Champions League Grp. A . 1-tur 16/04/2021, 01:00 2
:
2
Tugadi
|
AGMK Zafar Polvonov - 11', Sanjar Shaakhmedov - 70' |
45'
90'
Arab klubining ayni paytdagi eng qimmat futbolchisi perulik Andre Karrilo hisoblanadi. "Transfermarkt" portali 29 yoshli o'yinchini 8,5 million evroga baholamoqda.
Faoliyati davomida Portugaliyaning "Sporting" hamda "Benfika", Angliyaning "Uotford" jamoalarida o'ynagan vinger 2018 yilning yozida "Al Hilol" tarkibiga (ijara huquqi asosida) ko'chib o'tgan edi. O'shanda klub rahbariyati Karriloning 1 yillik ijarasi uchun 4 mln evro to'lagan va 2019 yilning yozida uning transfer huquqini 9,5 mlnga sotib olgan edi.
Malumot uchun, AGMK klubi tarkibidagi barcha futbolchilarning ayni paytdagi transfer bahosi qo'shib chiqilsa, 7,5 mln evro bo'ladi. "Al Hilol"ning to'liq tarkibi esa 44 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar