Fakt: Abduxoliqov Superligadagi so'nggi 5 o'yinning barchasida gol urdi
28 apr 2019 18:35
Yangiliklar


Fakt: Abduxoliqov Superligadagi so'nggi 5 o'yinning barchasida gol urdi
"Lokomotiv" mavsum boshidan beri o'zi ishtirok etayotgan musobaqalarda shu paytgacha jami 11ta uchrashuv o'tkazib, shundan 7tasida g'alaba qozondi, bir marta durang qayd etib, uchta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.
O'zbekiston Superkubogi, Osiyo chempionlar ligasi hamda Superliga bahslarini qo'shib hisoblanganda Temurxo'ja Abduxoliqov hozircha 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U Superkubokda bitta, OCHLda 2ta va Superligada 5ta to'p kiritdi.
Qizig'i shundaki, Abduxoliqov oxirgi beshta turning hammasida raqiblar darvozasiga to'p kiritdi. U navbati bilan "Navbahor", "Andijon", AGMK, "Buxoro" va "Qizilqum" darvozalarini ishg'ol etdi. Eslatib o'tamiz, "Loko" hujumchisi 2016 yilgi mavsumning "Eng yaxshi to'purari" bo'lgan. O'shanda Temurxo'ja ichki chempionatda 22ta gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar