Fabregas: "Uchrashuv hakami kechasi tinch uxlay olmasa kerak"
29 dek 2014 01:12
Yangiliklar


Fabregas: "Uchrashuv hakami kechasi tinch uxlay olmasa kerak"
Londonning "CHelsi" jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Sautgempton" - "CHelsi" uchrashuvini boshqargan hakamni tanqid qildi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida meni jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Lekin o'yinni boshqarib borgan Entoni Teylor negadir meni simulyaciya qilganlikda ayblab, ogohlantirish ko'rsatdi. Teylorning bu hakamligi faoliyatidagi eng yomon uchrashuvlardan biri bo'lsa ajab emas. Hakam bugun juda ko'p noto'g'ri qarorlar qabul qildi. Menimcha, u kechasi tinch uxlay olmasa kerak.

Fikrlar