Fabregas: "Monako"ga o'tganimdan xursandman"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 11:11
Ispaniyalik yarim himoyachi Sesk Fabregas "Chelsi"dan "Monako"ga o'tganidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Monako"ga o'tganimdan xursandman. Bu men uchun katta loyiha. Klubda ajoyib futbolchilar va yosh murabbiylar yig'ilgan. Jamoaga yordam berishni intiqlik bilan kutyapman. Transfyerdan mamnunman", - dedi Fabregas.

31 yoshli Fabregasning transferi uchun "Monako" "Chelsi"ga 10 million evro to'ladi. Uning monegasklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal