Fabregas "CHelsi"da qoladimi?
13 dek 2016 22:54
Yangiliklar
Fabregas "CHelsi"da qoladimi?
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa yarim himoyachisi Sesk Fabregas qishda boshqa jamoaga ko'chib o'tishi mumkinligini inkor etmayapti.
"Tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, futbolda oldindan hech narsaga kafolat berib bo'lmaydi", deydi "aristokratlar" ustozi Antonio Konte. "SHu sabab Fabregasning jamoada qolish yoki qolmasligi borasidagi savolga aniq javob berib bo'lmaydi. Ammo shuni aniq aytishim mumkinki, Sesk biz uchun muhim o'yinchi. U "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'ta muhim o'yinda maydonda juda yaxshi harakat qildi. Oxirgi uchrashuvimizda esa zaxiradan maydonga tushib, foydali o'yin namoyish etdi. Ertaga men keyingi uchrashuv uchun tarkibni aniqlayman va har doim Seskning nomzodini ko'rib chiqaman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar