Fabregas APL klublaridagi 500-o'yinini o'tkazdi
03 jan 2019 08:55
Yangiliklar
Fabregas APL klublaridagi 500-o'yinini o'tkazdi
“CHelsi” kecha APL 21-turida “Sautgempton” bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
O'yinning 68-daqiqasida Sesk Fabregas Ross Barkli o'rniga maydonga tushirildi. Bu Sesk uchun APLdagi 500-o'yin bo'ldi. Fabregas “CHelsi”da 2014-yildan beri to'p surib kelmoqda. Avval u “Arsenal” (2003-2011) da o'ynagandi.
Fikrlar