Fabianski “SHalke-04”ga o'tishi mumkin
06 dek 2013 09:54
Yangiliklar


Fabianski “SHalke-04”ga o'tishi mumkin
“Arsenal” klubi darvozaboni Lukash Fabianski, “SHalke-04”dan qishki transferlar oynasi mobaynida ushbu klubga o'tish uchun taklif oldi.
Nemis klubi 28 yoshli futbolchiga, yaqinda shartnomasi tugaydigan Timo Xildenbrandning o'rniga o'rindosh sifatida qaramoqda, deb xabar beradi Daily Mail.
Fabianskining o'zi ushbu mavsumda etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmayotgani sababli, klubini o'zgartirishga tayyor.
Takidlab o'tamiz, mavsum so'ngida Fabianski va Xildenbrand erkin agentga aylanishlari mumkin.

Fikrlar