FA "Lester"ni moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda gumon qilmoqda
12 apr 2016 11:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204496_original.jpg)
![](/upload/storage/204496_220.jpg)
FA "Lester"ni moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda gumon qilmoqda
"Lester" 2013-14 mavsumda CHempionship g'olibi bo'lib, Premer-ligaga yo'l olgan edi. Bundan so'ng Angliya Futbol ligasi jamoaning moliyaviy faoliyatini o'rgana boshladi. Boshqa klublar "Lester"ni rahbariyat futbolchilar maoshiga jamoa daromadidan (31 mln. funt) 5 mln. funt ko'p ishlatganida ayblashdi.
Malumotlarga ko'ra, 2014 yilning yanvarida "Lester" rahbariyati Trestellar Ltd kompaniyasi yordamida Osiyoda klub brendini ommalashtirish bilan shug'ullangan. Bu tufayli jamoaning homiylik faoliyatidan bo'lgan daromadi avvalgi yilnikidan 11 mln. funtga oshdi va zarar miqdori kamaydi. Klub bu bilan moliyaviy qoidalar borasidagi qoidalarga bog'liq muammoni hal qildi.
Taxminlarga ko'ra, Trestellar kompaniyasi qalbaki, chunki ularning na ofisi, na veb-sayti va na telefon raqami bor.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar