So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  8 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

La Liga. "Barselona" safarda g'alaba qozondi, MSG triosidan gollar Yangiliklar

La Liga. "Barselona" safarda g'alaba qozondi, MSG triosidan gollar

La Liga 9-tur doirasidagi "Eybar" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinga oid voqea va hodisalarni ushbu sahifa orqali kuzatib boring!

Eibar

LaLiga . 9-tur

19/10/2019, 17:00

3
:
0
Tugadi

Barcelona

Antoine Griezmann - 13', Lionel Messi - 58', Luis Suarez - 66'

Stadion: Municipal de Ipurua, 7222 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
24'  Pape Kouli Diop
24'  Charles
63'  Pedro Leon (Edu Exposito)
71'  Sergi Enrich (Takashi Inui)
79'  Charles (Kike Garcia)
82'  Sergio Alvarez
88'  Takashi Inui
90'  Edu Exposito
13'  Antoine Griezmann
13'  Clement Lenglet
46'  Sergi Roberto (Nelson Semedo)
58'  Lionel Messi
58'  Antoine Griezmann
66'  Luis Suarez
66'  Lionel Messi
71'  Arthur (Arturo Vidal)
79'  Frenkie de Jong (Ivan Rakitic)

Eybar – Barselona 0:3 

19 oktyabr, 16.00, «Ipurua»

Gollar: Grizmann 13, — 0:1, Messi 58, — 0:2, Suares 66, — 0:3.

Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel, Leon (Ekspozito, 63), De Blasis, Alvares, Diop, Orelyana, SHarles, Enrik (Inui, 71).

Barselona – ter Stegen, Langle, Umtiti, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 46), Artur (Vidal ,71), de Yong (Rakitich, 79), Buskets, Suares, Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Diop (24), SHarles (24), Alvarez (82).

                  


Uchrashuv 0:3 hisobida yakuniga etdi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Ekspozito ham maydonni sariq kartochkasiz tark etmaydigan bo'ldi.

85. Suares Messining uzatmasini to'xtatmasdan zarba berib gol urmoqchi bo'ldi. Uning rejasi ish bermadi. Zarba noaniq.

83. Leo Messining jarimadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. To'p darvozaning to'sini ustidan o'tib ketdi.

82. Serxio Alvarez ogohlantirildi. Messi jarima maydonchasi atrofida qo'pollik evaziga to'xtatildi.

79. Frenki de Yong o'rniga Ivan Rakitich tushirildi.

71. Artur o'rniga Vidal o'yinga qo'shildi, Takeshi Inui esa Serxi Enrikning o'rniga maydonga tushdi.

66. GOL! Messining uzatmasidan so'ng, Suares bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

63. Pedro Leon o'rniga Edu Ekspozito tushirildi.

58. GOL! Messi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. To'p uzatmadek oxista zarba darvoza to'ridan joy oldi.

55. Uzoq masofadan yo'llangan zarba noaniq. Muallif - Papa Diop.

Rasmiy malumot. Mazkur uchrashuvni tribunadan 7 000 dan ortiq tomoshabin kuzatib bormoqda.

50. Suares gol urdi, bu vaziyatda hakamlar golni hisoblashmadi. O'yindan tashqari holat.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Nelson Semedu Serji Roberto o'rnida harakat qiladi.

Tanaffus. Jamoalar 15 daqiqadan so'ng yana maydonga qaytishadi.

45. SHarles havodan kelgan to'pni boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'yish uchun biroz kech qoldi.

37. Serxi Enrining bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi va u qoidani buzgan deb topilmoqda.

36. Hozirga qadar darvozaga gol urish uchun 1 marta imkoniyat bo'ldi. Jamoalarning hujum chizig'i bugungi uchrashuvda biroz oqsayotgandek.

31. Messi darvozabonni aldayotganda biroz sirpanib ketdi va to'p nazoratini yo'qotib qo'ydi. SHu bilan birga gol urish imkoniyati ham yo'q bo'lib ketdi. Darvozabon to'pni vaqtida ushlab oldi.

24. Pape Diop Frenki de Yongga ortdan chalgani uchun, SHarles hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi.

22. Umtiti raqib futbolchisiga qarshi qo'pol o'ynadi. Hakam bu safar "Barsa" himoyachisini kechirdi.

13. GOOOOLLLL! Qarshi hujumda Antuan Grizmann birinchi urinishdayoq gol urib hisobni ochmoqda. To'p darvoza ustuniga tegib, darvoza to'ridan joy oldi — 0:1.

12. "EYBAR" futbolchilari mashg'ulotda bo'lgani kabi gol urib ketishi mumkin edi.  

11. Messining Suaresga uzatmasi o'tmadi. Mezbonlarning ikki qavatli himoyasi hozircha tartibli o'ynamoqda.

9. UXX. Langle sal qolsa to'pni o'z darvozasiga urib qo'yishi mumkin edi.

3. "Eybar"da jarima zarbasi. Qulay nuqta har holda. CHiroyli uzatma bo'ldi. Ammo, to'pga etib boradigan futbolchi topilmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика