Evropaning yana bir nomdor klubi moliyaviy sabablarga ko'ra qattiq sankciyalarga uchrashi mumkin
23 avg 09:39
Yangiliklar
Evropaning yana bir nomdor klubi moliyaviy sabablarga ko'ra qattiq sankciyalarga uchrashi mumkin
O'z davrida Liga 1 musobaqasining gegemoni bo'lgan va Evropada o'z o'rniga ega bo'lgan "Lion" hozirda qiyin ahvolga tushib qolgan.
Franciya klubi moliyaviy "Fair Play"ga amal qilishi uchun tarkibdagi deyarli barcha etakchilarini sotishga majbur. Lionliklar yoz yakuniga qadar 100 millionlik futbolchi sotishi shart, hozircha ular jami 24 million evrolik futbolchi sotishga erishdi.
Agar jamoa ushbu talablarni bajarmasa kamida ochko olib tashlanadi yokida Liga 2 musobaqasigacha tushirib yuborilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli Franciyaning yana bir mashhur klubi "Bordo" professional maqomidan ayrilgandi.
Fikrlar