So’nggi yangiliklar

10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  0 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  2 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  6 08:43Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  2 08:17Навбатдаги муҳим ғалабадан сўнг Гвардиола нималар деди?  2 07:52Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида 3 таликга киради"  22 07:30Ла Лига. "Осасуна" — "Реал Мадрид" 2:1  10 07:25Sofascore. 45 дақиқа майдонда ҳаракат қилган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:10АПЛ. "Манчестер Сити" — "Ньюкасл" 2:1  0 03:05Лига 1. ПСЖ "Ланс"нинг мағлубиятидан фойдаланиб қолди ва ғалабага эришган ҳолда биринчи ўринга қайтди  0 03:00Ла Лига. "Атлетико" ва "Эспаньол" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  6 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" О'Райлининг дубли билан "Ньюкасл"ни мағлуб этди  11 02:05Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўн киши бўлиб "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади, "Ал Насср" рақибига жавобсиз 4 та гол урди  7 01:05Қирғизистон чемпионатида мухлислар йил давомида машина ва пул мукофоти ютиб олиши мумкин  3

Evropaning kuchli ligalarida ko'p gol urgan osiyoliklar Yangiliklar

Evropaning kuchli ligalarida ko'p gol urgan osiyoliklar

Bugungi kunda Evropa mamlakatlari ligalarida ko'plab osiyolik futbolchilar to'p tepib kelmoqda.

Bugun yakunlangan mavsumda Evropaning kuchli ligalarida o'zining to'purarlik qobiliyatini namoyish etgan Osiyo qitasi vakillari bilan tanishtiramiz.

Ku Ja CHol ("Augsburg" - 8 ta gol)


Ku Ja CHol "Augsburg"ga qaytganidan so'ng, birinchi mavsumdayoq 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Klub mavsumni 12-o'rinda yakunladiyu


Porya Ahmadi ("Bangor Siti" - 8 ta gol)


Siz eronlik Porya Ahmadi haqida umuman eshitmagandirsiz, u to'p suradigan "Bangor Siti" ham Uelsda mashhur emas. 23 yoshli futbolchining 8 ta goli jamoasining muvaffaqiyatlariga katta xissa qo'sha oldi.


SHinji Kagava ("Borussiya" D - 9 ta gol)


SHinji Kagava so'nggi mavsumda "Borussiya"dagi o'yiynlar sonini 100 taga etkazib oldi. Yaponiyalik yarim himoyachi 9 ta gol bilan mavsumda yaxshi yakunladi.


Yuya Kubo ("Yang Boyz" - 9 ta gol)


23 yoshli hujumchi so'nggi mavsumda SHveycariyaning "Yang Boyz" klubi safida o'z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo'ydi.


Sardor Azmun ("Rostov" - 9 ta gol)


Yakunlangan mavsumda "Rostov" "Lester Siti" kabi ko'pchilik uchun kutilmagan syurpriz bo'ldi. Ular Rossiya chempionatining kumush medallarini qo'lga kiritishdi.

Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan Sardor Azmun 9 ta gol urib, "Rostov" uchun muhim bo'lgan ochkolarni to'plab berdi.


Suk Xyun Jun ("Vitoria Setubal"/ "Portu" - 10 ta gol)


Janubiy koreyalik Suk Xyun Jun "Vitoria Setubal" safida 9 ta gol urganidan so'ng "Portu"ga o'tdi. Joriy mavsumda futbolchi oldingi mavsumdan ko'ra bitta ko'proq gol urdi.


Tukumi Minamino ("Zalcburg" - 10 ta gol)


Tukumi Minaminoning "Zalcburg"dagi ilk mavsumi omadli chiqmadi. Minamino joriy mavsumda 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va bu jamoaning chempionlik yo'lida katta yordam berdi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика