So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  4 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

Evropaning keyingi futbol yulduzi kim bo'ladi? (1-5) Yangiliklar

Evropaning keyingi futbol yulduzi kim bo'ladi? (1-5)

Har bir top-klubda yangi bosqichga ko'tarilish va Evropaning elit klublari nazariga tushishni istaydigan iqtidorli yosh o'yinchilar mavjud.

Butun qita bo'ylab 2022/23 mavsum boshlanar ekan, biz "Monako" yarim himoyasidan "Manchester Siti", "Liverpul" va "Real Madrid"ning markazida o'ynatish uchun 80 millionlik talashga aylanib ketgan Orelen CHuamenining (u oxir-oqibat Madridga o'tdi) yo'lidan borishi mumkin bo'lgan navbatdagi yosh o'yinchilar guruhiga etiboringizni tortmoqchimiz. Xo'sh, Evropaning top-ligalaridan chiqadigan keyingi yulduz kim bo'lishi mumkin?

Yussufa Mukoko

Yoshi: 17

Poziciyasi: Hujumchi

Klubi: "Borussiya" Dortmund (Germaniya)

Mamlakati: Germaniya

Hozirgi narxi: 15 mln evro

Yussufa o'ynashni afzal ko'radigan poziciyalari – raqib himoya chizig'i orqasida yoki markaziy himoyachilar oldida unga uzatilgan to'plarni egallashni istaydi. Uning o'ziga xosligi himoya chizig'ida muammolar yaratib, tezligi va muvozanatni saqlay olishi yordamida raqibdan to'pni olib qo'yishdadir. Uning ishonchli chap oyog'i, jarima maydonchasini yaxshi bilishi, kerakli paytda paydo bo'la olishi va vaziyatni ajoyib yakunlay olishi futbolchini Germaniyaning 21 yoshgacha bo'lgan xalqaro yoshlar terma jamoasi tarkibiga kirishga imkon berdi. U birinchi tarkib darajasidagi o'yinchilar bilan o'ynadi. Biroq u kelajakda jahon darajasidagi yulduz bo'lishi mumkinligini elatish uchun texnik noziklik, hiyla nayrang va katta tezlikni namoyish etib "yarqiradi". U klubi bilan shartnoma muddati oxirida biroz qaror qabul qilishda o'sishga erishsa va aniqlikka ishlov bersa, 2023 yilda shartnomasi tugagan vaqtda top-klublarni o'ziga mahliyo qilishi mumkin bo'ladi.


Rafael Leau

Yoshi: 23

Poziciyasi: Hujumchi

Klubi: "Milan" (Italiya)

Mamlakati: Portugaliya

23 yoshli futbolchi uzoq yillar davomida ko'plab skautlarning etiborini tortdi, biroq uning "Milan"dagi Skudettosi – mavsumdagi g'alabasida 42 ta o'yinda 14 gol urdi va 12 ta uzatmani amalga oshirib, ajoyib mavsum o'tkazgani u yaqin orada kattaroq narsa yoqasida ekanini anglatadi. Ilgari jismoniy va texnik imkoniyatlarini ko'rsata olgan Leau o'tgan mavsumda nafislik, taktik xabardorlik va samarali yakunlash kabi xususiyatlarni ham qo'shdi. U o'zining chap qanot hujumidagi afzal ko'rgan nuqtasidan tashqari markaziy hujumda ham gohida ko'rinish berib qoladi. Portugaliyalik futbolchi o'zining aniq o'yini va to'g'ridan-to'g'ri hujum uyushtirishi bilan raqib himoyasiga tahdid ekani, ular himoyasida jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi bilan ajralib turadi. Uning yakka o'zi butun himoyani parokanda qilish qobiliyati bilan o'tgan mavsumda "Milan"ga muhim gollar olib keldi hamda ko'plab chiroyli hujum kombinaciyalarini yuzaga keltirdi. May oyi oxirida chempionlikni keltirgan "Sassuolo"ga qarshi kechgan bahs (3:0)da kiritilgan uch golning barchasiga asistentlik qilgani uning naqadar istedodli o'yinchi ekanini ko'rsatib berdi. Agar hujumchi o'zining o'yinini o'zgartirish va yaxshilashda davom etaversa, "Milan" o'z o'yinini saqlab qolishda kurashda ancha muammoga duch kelishi mumkin.


Benyamin SHeshko

Yoshi: 19

Poziciyasi: Hujumchi

Klubi: "Zalcburg" (Avstriya) 

Mamlakati: Sloveniya

"Zalcburg" hujumkor o'yinchilarni etishtirish bo'yicha ajoyib tajribaga ega. Erling Holand, Sadio Mane, Karim Adeyemi va shunday bir qancha nomlarni sanash mumkin. SHuning uchun o'tgan mavsum Avstriya chempionatida 36 ta o'yinda 10 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan 6 futlik Benyamin SHeshko haqida istalgancha hayajonlanish uchun sabablar bor. Balki Erling Holand bilan muqarrar solishtirishda bir qarashda "Manchester Siti" yulduzi o'z o'yinida ko'proq tezkorlik, harakatchanlik va tajovuzkorlik namoyish etgan bo'lsa-da, SHeshko ham markaziy hujumchi uchun kerak bo'ladigan baland bo'yga ega futbolchi o'tgan mavsumda bir necha bor vaziyatlarni tezkor va qiyinchiliksiz samarali tugatish texnikasini ko'rsatdi. Sloveniya terma jamoasi hujumchisi hujum zonalari bo'ylab darbadar kezishni xush ko'radi, tezlik olishi yaxshi va keng maydonlarda to'pni egallab, hujumni boshlash uchun yaxshi poziciya tanlay oladi. Ko'proq markaziy hududlarda bo'lganida u uni qo'riqlayotgan raqiblardan uzoqlashish va to'g'ri poziciya egallash uchun harakat va aqliy o'tkirlikka ega. O'zining mustahkam qolipiga qaramay, SHeshko o'zining jismoniy imkoniyatlaridan hali to'liqligicha foydalangani yo'q. Bazida uning uchun muvozanatni buzish va to'pga egalik qilish oson tuyuladi. U yaqin masofada yaxshi o'ynay olishi bilan bir qatorda havoda to'pni egallashda katta mahoratga ega. U tezda Evropaning yirik klublari nishoniga aylanib bormoqda. "Leypcig" klubi 2023 yil 1 iyulidan boshlab SHeshko bilan 5 yillik shartnoma imzolashi borasida malumotni elon qildi. 

Alohida aytish joiz, "Leypcig" 2 kun oldin "Zalcburg" forvardi Benyamin SHeshkoni xarid qildi.


Xvicha Kvaracxeliya

Yoshi: 21

Poziciyasi: Xujumchi

Klubi: "Napoli" (Italiya)

Mamlakati: Gruziya

Lorenco Insine va Dris Mertensni almashtirish har qanday forvard uchun juda murakkab hisoblanadi. Ammo yaqindagina 12 mln evro evaziga kelib qo'shilgan futbolchi klubning ikki afsonasi bazi xususiyatlarini o'zida aks etadi – qisman vinger, qisman pleymeyker. Gruziyaning kamida o'n yillikdagi eng katta iqtidori, deya etirof etilgan Kvaracxeliya o'z vatanidagi futbol obro'sini oshirish uchun "Manchester Siti"ning Georgiy Kinkladze va "Milan"ning Kaxa Kaladze ishiga asoslanishiga umid qiladi. 21 yoshli futbolchi shu yil boshida Gruziyaning "Dinamo" Batumi jamoasida ko'rinish berishidan oldin, asosan, Rossiyada o'ynagan va so'nggi 18 oy ichida u ancha rivojlandi.

O'z mamlakatining UEFA Millatlar Ligasidagi ajoyib ishtiroki davomida (Gruziya termasi S4 guruhida birinchi o'rinni egalladi) o'ng oyoqli qanot futbolchisi barchadan ajralib turdi hamda liderligi va tugamas energiya manbasi sifatida o'zini ko'rsatdi. Kvaracxeliyaning eng afzal tomoni, u chap qanotdan yorib kirishda eng kuchlilardan biri bo'la oladi va shunday vaziyatlarda yo kutilmaganda darvozani nishonga oladi, yo tezkor kombinaciyalar uyushtirib, bir sherigi bilan bir nechta pas almashadi va doimo to'pni oldinga siljitishga intiladi. Futbolchi bu yili milliy terma jamoasi tarkibida o'rtacha har o'yinda 12 ta dribling qayd etgan bo'lishi bilan bir qatorda uning mehnatsevarligi va qatiyatli ekanini takidlash joiz. U orqaga qarab ham harakatlanadi va himoyaga yordam berishga shoshiladi. Bu narsa shunday darajadagi futbolchilarda kam uchraydigan qobiliyat hisoblanadi. 


Gabriel Veron

Yoshi: 19

Poziciyasi: Hujumchi

Klubi: "Portu" (Portugaliya)

Mamlakati: Braziliya

Biroz avval ushbu transfer oynasida asosiy tarkibda barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun Veron 10,5 mln evro evaziga "Palmeyras"dan "Portu"ga o'tgan edi. Yosh vinger bir necha yillardan buyon Braziliyaning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri hisoblanib kelgan. U 2019 yilda 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib, yulduzlik sari yo'l oldi. "Portu"da Janubiy Amerikadan chiqqan yana bir o'sishdagi istedoddan ko'p narsani kutishmoqda.

Oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan ijod favvorasi bo'lgan Veron katta tezlik olishi va himoya chizig'ini osonlik bilan yorib o'ta olishi bilan raqiblarga jiddiy qiyinchilik tug'diradi. U odatda markaziy hududlarda juda erkin harakat qiladi. O'zining instinktiv muammolarni hal qilish qobiliyatini ishga solgan holda jarima maydonchasini yorib o'tish uchun katta tezlik oladi. Ajoyib texnikani o'zida shakllantirgan vinger muhim uzatmalarni amalga oshirish yoki vaziyatni yakunlash uchun to'p bor-yo'g'i bir nechta tegishnigina amalga oshiradi xolos. U yirikroq biror klubga o'tishdan avval darhol o'zini Portugaliyada ko'rsatishi kerak.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика