So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  20 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

Evropani titratish uchun A Seriyaga kelgan bo'lajak superyulduz haqida Yangiliklar

Evropani titratish uchun A Seriyaga kelgan bo'lajak superyulduz haqida

A Seriyaga kelgan yulduz haqida gap ketganda ko'pchilik Kritshianu Ronalduni tushunishlari tabiiy.

Ammo bu qahramonimiz aynan Ronalduga tushadigan superyulduz statusi uchun kurashmoqchi bo'layotgan bo'lajak yulduz - Kshishtof Pentek. Polshalik to'purar Kshishtof Pentekni "Jenoa" prezidenti hozirdanoq faoliyatidagi eng muhim xarid deya baholamoqda.

"Jenoa" prezidenti Enriko Precozi 2010 yili jamoaga Robert Levandovskini olib kelishga juda yaqin kelgan. Polshalik agent Cezariy Kuxarski bilan uchrashgan prezident yakunda Robertning narxi juda qimmatlik qilishini aytib, Levandovski transferidan voz kechgan.

SHundan so'ng Dortmundning "Borussiya" klubi Polsha chempionatida 58 o'yinda 32ta gol urgan hujumchi uchun 4,5 million evrodan voz kechishga rozi bo'lishdi. Yakunda esa ushbu xarid o'zini to'laqonli oqladi. "Jenoa"ning sharoiti o'sha paytda 4,5 million evrolik transferni amalga oshirishga yo'l qo'ymagan.

Eng qizig'i, "Borussiya"ga 4,5 million evro evaziga o'tgan Levandovski 4 yillik faoliyatidan so'ng Myunxenga tekinga ketgan. Dortmund Levandovski transferidan hech qanday daromad ko'rmagan. Biroq Levaning "Borussiya" uchun urgan 103 goli ikki marotaba Germaniya chempionligini qo'lga kiritishda va ECHL finaliga chiqishda muhim rol o'ynagan.

"Jenoa" prezidenti Enriko Precozi va polshalik agent Kuxarskining ilk uchrashuvidan keyin 8 yil o'tdi. "Jenoa" prezidenti Enriko Precozi avvalgi xatosini takrorlashni istamadi va bu gal Kuxarski topgan polshalik to'purar Pentek uchun 4,5 million evroni qizg'onmadi. Natijada Polshada o'z gollari bilan tanilgan, ammo evropa futboli uchun notanish bo'lgan Pentek Genuyaga qo'chib o'tdi.


"Krakoviya" bosh murabbiyi Mixal Probej mazkur holatga quyidagicha izoh berdi: "O'z vaqtida men Robert Levandovski Evropaning eng kuchli jamoasida o'ynaydi, deganimda ko'pchilik ustimdan kulgandi. Hozir esa o'sha gaplarimni Pentek borasida ham bemalol ayta olaman".


Pentek Polsha chempionatida "Krakoviya" safida to'p tepgan va o'tgan mavsum 23ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi bo'lgan. Undan oldingi o'rinda esa Angulo (24) va Karlitos (23) bo'lishdi. Ammo Pentekning bu gollari Polsha terma jamoasidan chaqiruv olish uchun etarli bo'lmadi. Natijada ushbu iqtidorli to'purar JCHdan quruq qoldi.


"Jenoa" prezidenti Enriko Precozi yaqin vaqt ichida Pentekning transfer qiymati tezlik bilan yuqorilashishiga ishonadi.

"Pentek faoliyatimdagi eng muhim transferlardan biriga aylandi, deya ishonch bilan ayta olaman. Bunga qadar Tiago Motta va Diego Milito eng omadli xaridim bo'lgan. Ammo Pentek ulardan ham omadli bo'lishi mumkin", - deydi Precozi.


"Jenoa" 2008 yili Diego Militoni 13 million evro evaziga xarid qilgan va bir yil o'tib hujumchini "Inter"ga 25 million evroga pullagan.


Kshishtof Pentek Polshada 68 o'yinda raqiblar darvozasini 33 marotaba ishg'ol qildi. Joriy mavsumda esa Pentek hozircha A Seriyada 6 uchrashuvda 8 bor gol urishni uddaladi. SHuningdek Italiya Kubogida "Lechche"ga qarshi bahsda poker qayd etdi. Ayni paytda hujumchi yangi jamoasi "Jenoa" safida 12ta gol urishga ulgurdi.


Kshishtof Pentek yoshligida Pippogolga havas qilganini tan oldi.

"Filippo Inzagi to'pni izlamasdi, aksincha, to'p uni qidirib topardi. Yoshligimda aynan Inzagiga o'xshashni istardim", - deydi Pentek.


Genuyalik ishqibozlar Pentekning o'yini va o'zini tutishidan hayratda. Ular bu kabi gollar seriyasiga va kamtarin bolani ko'rishni hayollariga ham keltirishmagan. Ayni paytda nafaqat Genuya, balki butun Italiya Pentekning sermahsul o'yinidan eyforiyada.

A Seriya endi start oldi. Pentek esa hali yangi jamoasiga butkul moslashib olmay turiboq ko'plab grandlar nazariga tushishga ulgurdi. Ayni paytda polshalik to'purarga "Yuventus", "Bavariya", "Barselona", "Borussiya Dortmund", "CHelsi" va "Manchester Yunayted" kabi grandlar ko'z tikishmoqda.

"Jenoa" prezidenti Enriko Precoziga "Napoli"dan qo'ng'iroq bo'lgan, "Jenoa"ning o'yinlarida esa "Barselona" vakillari bo'lishgani aytilmoqda. Hammaning diqqat-etibori Pentekka qaratilgan.

"Jenoa" prezidenti qo'ldan chiqarilgan Levandovskidan so'ng Pentek borasida adashmaganidan juda xursand. Precozi Kshishtof uchun ishlatilgan 4,5 million evroni kamida 50 barobar qilib chiqarib olishiga ishonmoqda.

A Seriyaga Ronalduning kelishi haqiqiy shov-shuvga aylanib, muxlislarni stadionga qaytargan bo'lsa, Pentekning "Jenoa"ga o'tishi evropalik mashhur skautlar qadamini keskin oshirib yubordi. Italiya matbuoti esa Ronaldu va Pentek mavzusi eng aktual mavzuga aylangan.


To'g'ri, Juzeppe Marottaning "Yuventus"dan ketishi ko'pchilikni shok holatiga tushirgani va oxirgi kunlarda matbuotning diqqat markazi Beppe tomonga burilgani haqiqat. Bu haqida sal keyinroq.


Ayni paytda esa A Seriya uchun yangi hisoblangan Pentek va Ronalduning o'zaro raqobati nafaqat matbuotda, balki to'purarlar poygasida ham yaxshigina qizishi aniq. Hozircha Pentek yaqqol peshqadam. To'purarlik poygasida Messi yo'qligi uchun biroz tin olgan va hozircha ko'proq golli uzatmalarni berish bilan band bo'lgan Ronaldu uchun Pentekning porlashi yaxshigina motivaciya beradi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика