So’nggi yangiliklar

13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  3 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  5 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  36 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  21 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

Evropalik murabbiy kelgani bilan shunga mos sharoitga egamizmi? (Mulohaza uchun mavzu) Yangiliklar

Evropalik murabbiy kelgani bilan shunga mos sharoitga egamizmi? (Mulohaza uchun mavzu)

Oxirgi paytlarda O'zbekiston milliy terma jamoasini kim boshqaradi degan savol kun mavzusidan tushmayapti.

Bu haqda telegram kanalimizda so'rovnoma o'tkazdik va aksar ishtirokchilar xorijlik murabbiy kerak degan fikrni ilgari surgan. Albatta, Evropada jahon tan olgan murabbiylar ko'p. Ularning oylik maoshi kattaligini ham bilamiz.

Aytaylik, biz kimnidir taklif etsak, kichkina pul so'ramasligi bor gap. Avvalo O'FA katta maosh to'lashga tayyormi degan savol yuzaga keladi. Bundan tashqari boshqa savollar ham borki, chet eldan murabbiy kelib terma jamoani boshqaradigan bo'lsa, boshqa muammolar yuzaga chiqadi.

Berdiev bilan Kapadzening o'z missiyasi bor

Milliy jamoani agar mahalliy murabbiy boshqaradigan bo'lsa, ko'proq Ro'ziqul Berdiev bilan Timur Kapadze varianti tilga olinmoqda. Lekin O'FA shu ikki murabbiydan birini tanlasa, o'ylaymizki, bu xato bo'ladi. Negaki Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" bilan OFK Kubogida qatnashyapti, maqsad esa musobaqani yutish. SHu bois "Nasaf" ustozini terma jamoaga tortmasdan OFK Kubogida oxirigacha imkoniyat bergan maqul. 

Timur Kapadzega kelsak, yana uch yildan so'ng Parijda navbatdagi Olimpiya o'yinlari o'tkaziladi. Uch yil hash-pash deguncha o'tadi-ketadi. Biz esa shu musobaqaga ham yo'llanma olishimiz kerak. Timur Kapadze ayni paytda Proligadagi "Olimpik" klubini boshqaryapti va juda yaxshi natijalar qayd etmoqda. "Olimpik" - bo'lajak O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'zagi ekanini hisobga olsak, Kapadzega ham oxirigacha imkon berish lozim bo'ladi. 

Navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga O'zbekiston terma jamoasini Kapadze tayyorlaydi va yakunda kuchli to'rtlikka kirsak, Olimpiada-2024ga boramiz. Bundan ko'rinib turibdiki, Timur Tohirovichning ham o'z missiyasi bor. Agar O'FA Kapadzeni milliy jamoaga qo'yadigan bo'lsa, unda olimpiyachilar va "Olimpik" klubi taqdiri nima bo'ladi? SHu bois ushbu murabbiyga ham tegmasdan, o'z ishini oxirigacha yakunlab qo'yish imkonini bergan maqul.  



Evropalik murabbiy nima xohlaydi?

Bizga malum bo'lishicha, O'FA yaqin bir-bir yarim oy ichida yangi bosh murabbiy nomini elon qiladi va bilishimizcha, hozir nomzodlarni o'rganish jarayoni ketmoqda. Bir oy - ikki oy bir pasda o'tadi-ketadi. Yangi murabbiy keldi ham deylik, bizdagi sharoitlar unga maqul keladimi degan savol tug'iladi. 

SHaroit deganda faqat oylik maosh bilan qimmat kvartirani aytayotganimiz yo'q. Aynan futboldagi sharoitlar. Har bir professional murabbiy shartnoma imzolashdan avval qaerga kelayotganini o'rganadi, sharoitlar bilan tanishadi va shundan so'ng maqul kelsa shartnoma tuzadi. Aytaylik, biz Keyrush darajasidagi murabbiyni xohlayapmiz, lekin tan olaylik, bizdagi sharoit Keyrushni olib keladigan darajada emas. 

Masalan, eng katta muammolardan biri terma jamoamizning o'z bazasi yo'qligi. Futbolchilar faqat mehmonxonada turadi. Hali u mehmonxona, hali bunisi. Mustaqil bo'lganimizga 30 yil bo'ldi, lekin terma jamoa uchun bironta baza qurilmagani odamni hayron qoldiradi. Futbolda ishlashni boshlaganimdan beri bilganim shu - biznikilar doim mehmonxonada yashab keladi. 

Agar terma jamoa safarga ketsa tushunarli, lekin Toshkentda yig'ilgan mahal nega endi mehmonxonada turishi kerak? Undan ko'ra o'z bazamiz bo'lib, yonida bir-ikkita maydon, sauna-basseyn, trenajyor zal, dam olish xonalari, oshxona va boshqalar bo'lgani yaxshi emasmi? 

Bundan tashqari mehmonxonada turish ko'pincha xalaqit beradi. CHunki mehmonxona mehmonlar uchun xizmat qiladi. U erda to'y bo'lishi mumkin, banket, tug'ilgan kunlar, musiqa baland qo'yiladi, kafe-restoranlar ishlaydi. Bu esa muhim o'yinlar oldidan jamoamizning tayyorgarligiga salbiy tasir ko'rsatadi. 



Maydon masalasi

Yana bir muammo shuki, milliy jamoamiz mashg'ulot o'tkazadigan aniq bir maydon yo'q. Hali qarasang, "Paxtakor" yoki "Bunyodkor"da, hali qarasang TTYMI yoki "Jar" stadionida mashg'ulot olib boriladi. Bu ham ortiqacha tashvish keltirishi aniq, chunki jamoa administratorlari nuqul mashg'ulotga kerakli ashyolarni u yoqdan bu yoqqa tashib yurishadi. 

SHunday ekan, mayli yoshlar va o'smirlar terma jamoalarni qo'ya turaylik, lekin bosh jamoamiz birinchi navbatda o'z maydoniga ega bo'lishi shart. Agar baza qurilib, maydon baza yonida bo'lsa, bu yanayam yaxshi.

Tibbiy xizmat ko'rsatish masalasi

Zamonaviy futbolda futbolchilarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish allaqachon birinchi planga chiqqan. Kristian Eriksen voqeasi hammamizni yanada hushyor bo'lishga chaqirdli. Futbol - og'ir nagruzkali o'yin. Bu erda to'qnashuv, yakkakurashlar kechadi, atrofdagilarning bosimi bo'ladi, bu esa tabiiyki yurakka tasir qiladi. 

Sportchilarning yuragi boshqacha uradi degan gap bejiz aytilmagan. Fikrimizcha, Eriksen voqeasidan so'ng FIFA, UEFA, OFK, qo'yingki barcha futbol tashkilotlari futbolchilarga tibbiy xizmat sifatini oshirish bo'yicha turli qarorlar qabul qiladi. Bizda ham bu borada tegishli ishlarni amalga oshirish kutilmoqda. 

Tibbiy xizmat faqat o'yin paytida bo'lmaydi, futbolchi terma jamoa yig'iniga kelib qo'shilganidan to yig'in oxirigacha shifokorlar nazoratida bo'ladi. SHifokor yaxshilab tekshirishi uchun unga sharoit kerak. SHu o'rinda terma jamoa futbolchilariga tibbiy xizmat sifati yuqorimi degan savol yuzaga keladi. 

Aytaylik, bizda baza yo'q va baza bo'lmaganidan keyin alohida medicina xonasi (Medical room) ham yo'q. SHu bois jamoamiz azolari mehmonxonaga yig'ilganda shifokorlar majburan bitta xonani olib, barcha medikamentlarni o'sha xonaga olib kirishadi. Boshqa mehmonxonaga ko'chsak, shifokor va uning yordamchilari ikkitadan sumka ko'tarib medikamentlarni boshqa yoqqa tashishadi. 

Aslida bular bo'lishi kerak bo'lgan elementar narsalar. Lekin bizni jahon chempionatiga chiqish orzusi shunchalik "ko'r" qilib qo'yganki, bu kabi jihatlarga ko'p ham etibor qaratmaymiz, xayolimizda faqat JCHga chiqish bo'ladi. U erga borish uchun esa avvalo o'zimizda sharoitni zo'r qilib qo'yish kerak.  



Xorijlik murabbiy keldi ham deylik

CHet ellik murabbiy kelganda avvalo sharoit bilan tanishadi deb aytib o'tdik. Menga bazani, maydonni, futbolchilar dam oladigan xonalarni, oshxonani, trenajyor mashqlari o'tkazadigan zalni ko'rsat deydi, axir shunday paytda uni birorta mehmonxonaga olib bormaymiz-ku.

Murabbiy qancha maosh olishi, qanday shartlarga ko'ra shartnoma tuzishi bu uning shaxsiy ishi. Biz uning tayyorgarlik bo'yicha qo'yadigan talablarini bajara olamizmi degan savolga javob axtarishimiz lozim. Birorta mashhur murabbiyni olib kelib, unga osmondagi pullarni vada qilib, lekin sharoit bilan tanishtirishga kelganda ko'rsatadigan hech narsamiz yo'qligini aytib uyalib qolishni xohlamaymiz. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика