So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Evropada yozgi transfer oynasi natijalari Yangiliklar

Evropada yozgi transfer oynasi natijalari

Kim barchadan yaxshiroq kuchaydi?

Evropada 2022/2023 yilgi futbol mavsumini ochiq deb hisoblasak ham bo'ladi. Ha, bazi jamoalar evrokubok saralashidagi o'yinlarini boshladi, ammo muxlislar etakchi chempionatlar startini kutishgan edi. "Championat.Asia" muxbiri Nikolay Egorichev TOP-5 ligadagi yozgi transfer oynasi bo'yicha material tayyorladi. 

Kim safini yaxshiroq kuchaytirdi, kim qancha pul sarfladi va qaysi transferlarni alohida takidlab o'tish mumkin?


APL

Angliyada ketma-ket ikkinchi yil "Arsenal" hammadan ko'p pul sarflamoqda. "Kanonirlar" tarkibini kuchaytirish uchun 132 million evro ishlatishdi — Evropada faqatgina "Barselona" (153) va "Bavariya"da (137,5) ko'proq xarajat. Albatta, "Arsenal" safini to'ldirgan futbolchilarni ham alohida takidlash joiz. Gabi Jezus, Aleksandr Zinchenko — "kanonirlar"ni aniq kuchaytira oladigan o'yinchilardir. Mikel Arteta jamoasiga anchadan buyon yorqin forvard etishmasdi, ukrainalik esa maydonda bir nechta poziciyani yopa oladi. Portugaliyalik Fabiu Vieyra borasida hozircha bir nima deyish qiyin. U "Portu"da o'zini ko'rsata olgandi, biroq APLga moslashish oson emas.

Aytgancha, ko'nikish borasida gapiradigan bo'lsak, "Manchester Siti" va "Liverpul" talaygina pul sarflagan (60 va 75 million evro) Erling Xoland va Darvin Nunes hali o'zini ko'rsata olishmadi. Ular ingliz futboliga ko'nikishi uchun qanchadir vaqt kerak bo'ladi. Bu mavsum ulardan avvalgi klubidagi kabi samarali o'yin kutmagan maqul.

Holanddan tashqari, "Manchester Siti" yana bir katta transfer amalga oshirdi. Jamoa safini "Lids" o'yinchisi Kelvin Fillips (48,8 mln evro) to'ldirdi. Garchi tayanch nuqtada asosiy futbolchi Rodri bo'lishi hammaga ayon bo'lsa-da, Kelvin "shaharliklar"ning shu poziciyasini mustahkamlash uchun chaqirtirildi. Lekin Pep Gvardiola uning jamoasida bir darajada o'ynay oladigan kamida ikkita futbolchi bo'lishi kerakligiga ko'pchilikni o'rgatdi — raqobat uchun va jarohat bo'lsa.

Kutilmaganda "Lids" bu yozda juda ko'p pul sarfladi — 108,6 million evro. Bu PSJ, "Yuventus" va Dortmund "Borussiya"si ishlatgan puldan ham ko'proq. "Oqlar" tarkibini ikki yosh amerikalik — Brenden Aaronson ("Red Bull" Zalcburg") va Tayler Adams ("Leypcig") bilan to'ldirdi. Bundan tashqari, qator nomdor jamoalar qiziqish bildirganiga qaramay, "Feyenoord" vingeri Luis Sinisterra ham "tovuslar"ga kelib qo'shildi.

"CHelsi" uchta katta transfer amalga oshirib ulgurdi: Rahim Sterling, Kalidu Kulibali va Mark Kukurelya. "Aristokratlar" ular uchun 160 million evro atrofida pul sarflashdi. Londonning boshqa klubi — "Tottenxem"ga esa Ivan Pereshich, Risharlison va Iv Bissuma o'tdi. "MYU" 2 tagina xarid bilan chegaralandi — Kristian Eriksen va Lisandro Martines ("Ayaks"). Biroq "qizil iblislar"ning asosiy yutug'i Krishitanu Ronaldu hali jamoadan ketmagani bo'lib turibdi. Portugaliyalik 37 yosh bo'lsa-da, hamon yuqori darajadagi futbolchi bo'lib qolmoqda.


Bundesliga

"Bavariya" CHempionlar Ligasida shovqin ko'tarishga tayyor turibdi. Myunxenliklar Matteys de Ligt va Sadio Mane bilan bitim imzolaganini boshqa qanday izohlash mumkin? SHuningdek, "Ayaks" sharafini himoya qilgan Rayan Gravenberx va Nussair Mazraui hamda "Renn"ning yosh iqtidorli o'yinchisi Matis Telni esdan chiqarmaslik lozim.  "Bavariya" umumiy hisobda137,5 million evro sarfladi. Myunxenliklar oxirgi marta 2019/2020 yilgi mavsumda shuncha ko'p pul ishlatishgan edi (139,5 mln evro). Lekin o'sha pullarning asosiy qismi Lukas Ernandes uchun (80 mln evro) to'lab berilgan.

Dortmund "Borussiya"si Xolandni sotib, 2 ta hujumchi olishga qaror qildi. Jamoa safini Sebastyan Alle ("Ayaks" 31 mln evro) va Karim Adeyemi ("RB Zalcburg" 30 mln evro) to'ldirdi. Afsuski, Aller "Borussiya"ga yordam berishga hali tayyor emas (unda saraton kasalligi aniqlandi). Sebastyan qachon safga qaytishi aniq emas. Dortmundliklar mudofaa chizig'ini ham yoddan chiqarishmadi va ikki himoyachi — Niko SHlotterbek va Niklas Zyule bilan bitim tuzishdi. Yaqinda Germaniya termasida debyut qilgan SHlotterbek "Borussiya"ga 20 million evroga tushdi. Zyulega kelsak, u shartnomasi tugagach, "Bavariya"dan ketdi va "asalarilar"ga erkin agent sifatida qo'shildi.

"RB Leypcig" bu yoz transferlar oynasida ancha kamtarona harakat qildi. Klub asosan sotish bilan shug'ullandi va 77 million evro ishlab oldi. "Buqalar" umumiy hisobda 38 million evro ishlatishdi: David Raum ("Xoffenxaym") va Ksaver SHlager ("Volfsburg"). Bundesligani kuzatmaydigan odam bu futbolchilar haqida biror narsa deyishi qiyin. Raum ayni damda Germaniya terma jamoasining asosiy chap himoyachisi, SHlager esa Germaniya chempionatining eng yaxshi markaziy yarim himoyachilaridan biri sanaladi.

Boshqa transferlardan chexiyalik yosh forvard Adam Glojek "Bayer"ga o'tgani va Mario Gyotce Bundesligaga qaytganini qayd etish mumkin. Nemis futbolining "oltin bolasi" PSVdan "Ayntraxt"ga o'tdi.


A Seriya

Italiya chempionatining eng ko'p xarajat qilgan klubi — "Yuventus" bo'ldi. Turinliklar deyarli 90 million evro ishlatishdi, lekin Matteys de Ligt, Merix Demiral va Ronaldo Mandragorani sotib, foydada qolishdi (+9 mln evro). SHu bilan birga, Paulo Dibala, Federiko Bernardeski, Duglas Kosta, Jorjo Kellini va Aaron Remzi "Yuve"dan tekinga ketdi. Klub safiga "Torino" himoyachisi Bremer kelib qo'shildi, 40 million evro Federiko Keza transferining qolgan qismi uchun sarflandi, Pol Pogba va Anxel Di Mariya bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolandi. O'z vaqtida "Manchester Yunayted" sarflagan kattagina pulni oqlay olmagan Pol Pogbaning "Yuve"ga qaytishi katta qiziqish uyg'otmoqda.

Xarajat borasida "Atalanta" ikkinchi bo'ldi. Bergamoliklar "Sassuolo"dan Jeremi Bogani, "Yuventus"dan esa himoyachi Merix Demiralni xarid qilishdi. SHuningdek, "Atalanta" braziliyalik xavbek Ederson (21 mln evro) va "RB Leypcig" futbolchisi Ademola Lukman (9 mln evro) bilan ham bitim imzoladi.

"Roma" Turkiya termasi himoyachisi Zeki CHelik uchun 7 million evro sarfladi. Bundan tashqari, Joze Mourinyu jamoasi safiga Paulo Dibala va Nemanya Matich kelib qo'shildi. Ular Rim klubiga tekinga tushdi. Boshqa transferlardan gruziyalik vinger Xvicha Kvaracxeliya "Napoli"ga o'tdi, "Milan" belgiyalik iqtidor SHarl de Ketelareni 32 mln evroga sotib oldi, Divok Origi erkin agent sifatida "Milan" tarkibiga qo'shildi, Romelu Lukaku "Inter"ga qaytdi (8 mln evro evaziga ijara) va "Milan" sobiq sardori Alessio Romanoli erkin agent sifatida "Lacio" safini to'ldirdi.


Primera

Ispaniyaning asosiy "nyusmeykeri" "Barselona" bo'ldi. Kataloniyaliklar yaqinda katta moliyaviy qiyinchilikni boshdan o'tkazib, Leo Messini PSJga qo'yib yuborishga majbur bo'lishgandi. "Barsa" shu yoz 150 million evrodan ko'proq pul sarfladi! Avvalo, Robert Levandovski (40 mln evro) va Jyul Kunde (50 mln evro) transferlari ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar 58 million evroga "Lids" o'yinchisi Rafinya bilan shartnoma imzolashdi. Ikkita top-futbolchi — "Milan" sharafini himoya qilgan Frank Kesse va "CHelsi" sobiq himoyachisi Andreas Kristensenni esa tekinga olishdi. Endi "Barsa"ning tarkibi ancha kuchaydi, hattoki, bazi poziciyada bir nechtadan o'yinchi bor.

"Real" 80 million evro sarfladi. Bu summaning hammasi "Monako" vunderkindi Orelen CHuameni uchun ishlatildi. SHuningdek, "Qirollik klubi" avval "CHelsi"da to'p tepgan Antonio Ryudigerni tekinga oldi. Garet Beyl, Marselo, Isko va Luka Yovich "Real"dan ketdi.

O'tgan mavsum ajoyib o'yinlar namoyish etgan "Vilyarreal" 39 yoshli Pepe Reynani tekinga qo'lga kiritdi. "Sevilya" Markaoni "Galatasaroy"dan sotib oldi, "Manchester Yunayted"da o'zini ko'rsata olmagan Aleks Tellesni esa ijaraga oldi. "Milan" sharafini himoya qilgan Samu Kastilexo erkin agent sifatida "Valensiya"ga o'tdi. "Atletiko" esa "Udineze"ning argentinalik himoyachisi Nauel Molinani sotib oldi, Aksel Vitselni esa tekinga qo'lga kiritdi.


Liga 1

PSJ kutilganidek Franciyada eng ko'p xarajat qilgan klub bo'ldi — 106,5 mln evro. Parijliklar safini 3ta portugal to'ldirdi: Vitinya, Nunu Mendesh va Renatu Sanchesh. Bundan tashqari, PSJ o'ng qanot himoya poziciyasini "RB Leypcig" futbolchisi Nordi Mukiele bilan mustahkamlashga qaror qildi. "Reyms"da to'p tepgan iqtidorli forvard Ugo Ekitike ijara huquqlari asosida "parijliklar" tarkibiga kirdi. Anxel Di Mariya, darvozabon Alfons Areolya ("Vest Xem" uni sotib oldi) va o'smirlik payti Pedridan ham yuqori baholangan "Barsa" tarbiyalanuvchisi Xavi Simons ham PSJdan ketdi.

"Monako" Takumi Minamino va Brel Embolo bilan o'z safini kuchaytirdi. Sesk Fabregas jamoadan ketib, Italiya V Seriyasidagi "Komo" klubiga o'tdi. "Lion" esa "Ayaks" futbolchisi Nikolas Talyafiko bilan shartnoma imzoladi, Korenten Tolisso va Aleksandr Lyakazett jonajon klubiga qaytdi. "Marsel" o'tgan mavsum o'z safida ijara huquqlari asosida to'p tepgan to'rt futbolchini sotib oldi: Matteo Genduzi, CHengiz Under, Arkadiush Milik va Pau Lopes. SHuningdek, Moskvaning "Spartak" klubidagi o'yini bilan tanilgan Samyuel Jigo ham "Marsel"ga o'tdi.

Nikolay Egorichev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика