So’nggi yangiliklar

21:47ЕЧЛ. "Барселона" – "Бенфика". Таркиблар аниқ!  3 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  1 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  2 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  3 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  9 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10 16:37Муҳаммад Салоҳ "Барселона"га ўз хизматларини таклиф қилди  22 16:01Ўзбекистон U-23 термаси Хитойда, унинг захира жамоаси эса Туркиядаги халқаро ўйинлар ўтказади  9

Evropa Superkubogi. "CHelsi" "Vilyarreal"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, chempion bo'ldi Yangiliklar

Evropa Superkubogi. "CHelsi" "Vilyarreal"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, chempion bo'ldi

Bu erda Evropa Superkubogi uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

"CHelsi" (Angliya) – "Vilyarreal" (Ispaniya) 1:1 (6:5 - penaltilar seriyasida)

Gollar: Hakim Ziyech 27', Jerard Moreno 72

"CHelsi" - Mendi, Zuma, CHaloba, Ryudiger, Xadson-Odoi, Kante, Kovachich, Alonso, Ziyech, Xavertc, Verner.

"Vilyarreal" - Asenxo, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa, Yeremi, Kapu, Trigeros, Alberto Moreno, Xerar Moreno, Dia.

Ogohlantirishlar: Ryudiger 44', Tomas Tuxel ("CHelsi" bosh murabbiyi) 45', Daniel Raba 118


"CHelsi" chempion!!!

O'n to'rtinchi zarba - Raul Albiol gol ura olmadi!!! 

O'n uchinchi zarba - Ryudiger gol urdi - 6:5.

O'n ikkinchi zarba - Foyt ham imkoniyatdan foydalandi - 5:5. 

O'n birinchi zarba - Pulishich ham gol urdi - 5:4.

O'ninchi zarba - Raba gol urdi - 4:4.

To'qqizinchi zarba - Jorjino ham gol urdi - 4:3.

Sakkizinchi zarba - Moyses Gomes ham gol urishga erishdi - 3:3.

Ettinchi zarba - Maunt ham gol urdi - 3:2.

Oltinchi zarba - Estupinyan gol urdi - 2:2.

Beshinchi zarba - Markos Alonso gol urdi - 2:1.

To'rtinchi zarba - Mandining zarbasi va Kepadan ham seyv - 1:1 hisob!

Uchinchi zarba - Aspilikuetta gol urdi!

Ikkinchi zarba - Moreno zarba berdi va gol urdi.

Birinchi zarba - Haverc zarba berdi, Asenhodan seyv!

Penaltilar seriyasi boshlanmoqda!

120+1. O'yinning asosiy vaqti ham, qo'shimcha bo'limlari ham durang bilan yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga!

120. Uchrashuvning qo'shimcha bo'limlariga 1 daqiqa qo'shib berildi.

119. O'zgarish! "CHelsi" darvozaboni Mendi o'rniga zaxira darvozaboni Kepa maydonga tushdi.

118. Ogohlantirish! Daniel Rabaga sariq kartochka ko'rsatildi. "CHelsi" jarima zarbasiga ega.

112. "CHelsi" o'yinni penaltilar seriyasiga qadar olib bormoqchi emas. Jamoa tezroq gol urib olish harakatida.

107. ZARBA! Mauntning bergan zarbasini Asenxo qaytarib yubordi. 

105. Uchinchi bo'lim yakuniga etdi.

100. Pulishichda yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi biroq uning zarbasi noaniq ketdi.

98. O'yinning tempi yuqori emas. Har ikki jamoa azolari navbatma-navbat to'p yo'qotishmoqda. 

91. O'zgarish! Pino o'rniga Mandi maydonga tushdi.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi. 

90+4. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi. Navbat qo'shimcha bo'limlarga. 

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. "CHelsi" goldan keyin faollikni oshirmoqda.

86. O'zgarish! Moreno o'rniga Morlanes, Dia o'rniga Raba maydonga tushdi.

82. O'zgarish! Xadson-Odoi o'rniga Asrilikuetta maydonga tushdi.

Jerard Moreno to'pni oldinga uzatdi, "Vilyarreal" futbolchini oyog'ining orqa tomoni bilan to'pni Morenoga qaytardi. Uning bergan zarbasi esa darvozaga borib tushdi.

73. GOL! Hisob tenglashdi.

69. O'zgarishlar! Gaspar o'rniga Kapu, Moyses Gomes o'rniga Trigeros maydonga tushdi. 

66. O'zgarishlar! Kante, Verner va Zumalar o'rniga Maunt, Jorjino hamda Kristensenlar maydonga tushdi. 

63. O'yin tempi yuqori emas.

58. O'zgarish! Pedrasa o'rniga Estupinyan maydonga tushdi.

52. "CHelsi" darvozaboni Mendi to'pni o'yinga kiritishda xatoga yo'l qo'ydi. Natijada "Vilyarreal" golga yaqin keldi ammo darvoza tomon berilgan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

48. "CHelsi" ikkinchi bo'limni faollik bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. 

Statistika! Darvoza tomon zarbalar - 5 - 3. Aniq zarbalar 3 - 2.

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. Ispanlar bo'lim so'nggida yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi biroq vaziyat ko'kka sovurildi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. O'zgarish: Ziyech o'rniga Pulishich maydonga tushdi.

42, Hakim Ziyech jarohat olib maydonni tark etmoqda. 

33. "Vilyarreal" goldan so'ng biroz faollikni oshirdi.

Kay Haverc chap qanotdan to'pni uzatdi va Hakim Ziyech gol urdi.

27. GOL! Ziyech hisobni ochdi!

25. Statistika! To'p nazorati bo'yicha ustunlik - "CHelsi" - "Vilyarreal" - 72% - 28% 

21. O'yindagi ustunlik "CHelsi" tarafida.

15. O'yinning dastlabki 15 daqiqasi xotimjamlik bilan o'tdi. Hozircha aytarli golli vaziyat bo'lmadi.

11. "Vilyarreal" jamoasi burchak zarbasiga ega bo'ldi. Raul Albiolga to'p uzatildi, ammo u darvoza tomon zarba berolmadi.

6. Dastlabki hujum ham angliyaliklar tomonidan uyushtirildi.

3. O'yinning ilk daqiqalarini "CHelsi" to'pni nazorat qilish bilan boshladi. 

1. Uchrashuvga start berildi!

Jamolar maydonga chiqib kelishmoqda.

G'olibga taqdim etiladigan kubok

Har ikki jamoa vakillari ham stadionga etib kelishgan. Futbolchilar hozirda maydonda o'yinoldi rasmiy mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. 

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Evropa Superkubogi doirasidagi "CHelsi" - "Vilyarreal" uchrashuvini onlayn tarzda kuzatib borishga taklif etamiz! 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика