Evropa ligasining finali uchun chiptalar mart oyida sotuvga chiqariladi
28 fev 2019 19:33
Yangiliklar
Evropa ligasining finali uchun chiptalar mart oyida sotuvga chiqariladi
Malum bo'lishicha, chiptalar mart oyining 7 sanasidan 21 sanasigacha bo'lgan muddatda faqat tashkilotning rasmiy sayti orqali sotiladi.
Hal qiluvchi bahs uchun jami 64 ming dona chipta chiqarilishi rejalashtirilgan. CHiptalarning 37 mingtasi turli davlatlardagi neytral tomoshabinlar uchun mo'ljallangan. Finalga chiqqan jamoalarning muxlislariga ajratiladigan chiptalarning soni esa keyinroq malum bo'ladi.
Agar chiptalarga bo'lgan talab kutilganidan ko'proq bo'lsa, unda UEFA yutuqli o'yinlar ko'rinishida ularni muxlislarga taqdim qiladi. Lotoreyalar uchun ariza qabul qilish muddati esa cheklanmagan.
Eslatib o'tamiz, Evropa ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadigan Bokudagi “Olimpiyskiy” stadioni o'z bag'riga 70 mingga yaqin tomoshabinni sig'dira oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar