Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

17 mar 2018, 08:30
SSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

21 yoshli rossiyalik futbolchi “Lion”ga (3:2) qarshi javob o'yinida jamoasiga g'alaba keltirgan gollardan biriga mualliflik qildi. Golovinga 89% ishtirokchi ovoz bergan. Ikkinchi o'rinni esa “Atletiko Madrid” hujumchisi Fernando Torres egalladi, “Lokomotiv”ga (5:1) qarshi o'yinda 2 ta gol urgan futbolchi 8% ovozga ega chiqdi.

Shuningdek, “Lacio” yarim himoyachisi Lukas Leyva (2%) va “Viktoriya” hujumchisi Marek Bakosh (1%) ham eng yaxshi deb topilishga nomzodlar qatorida edi.



O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com